{"id":7258,"date":"2023-11-07T09:30:08","date_gmt":"2023-11-07T06:30:08","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=7258"},"modified":"2023-11-07T09:30:08","modified_gmt":"2023-11-07T06:30:08","slug":"%d2%b3%d0%b8%d1%81%d0%be%d0%b1%d0%bb%d0%b0%d0%b3%d0%b8%d1%87%d0%b8-%d0%b0%d0%b2%d1%82%d0%be%d0%bc%d0%b0%d1%82%d0%bb%d0%b0%d1%88%d1%82%d0%b8%d1%80%d0%b8%d0%bb%d0%b3%d0%b0%d0%bd-%d1%82%d0%b8%d0%b7%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/7258","title":{"rendered":"Hisoblagichi avtomatlashtirilgan tizimda ishlaydigan iste&#8217;molchida katta miqdorda qarzdorlik yuzaga kelishi mumkinmi?"},"content":{"rendered":"<h5>Qo\u2018qon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Olimqul dodhoh ko\u2018chasida yashovchi S.F.ning gaz ta&#8217;minoti to\u2018lovlarida yuzaga kelayotgan asoslanmagan qarzdorlikdan norozi bo\u2018lib Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan og\u2018zaki murojaati o\u2018rganildi.<\/h5>\n<p>Murojaat egasining so\u2018zlariga ko\u2018ra, u iste&#8217;mol qilingan tabiiy gaz uchun to\u2018lovlarni xonadoniga o\u2018rnatilgan gaz hisoblagich uskuna ko\u2018rsatkichlari asosida amalga oshirib kelayotgan bo\u2018lsada, unga to\u2018lovlardan 1 mln 400 ming so\u2018m qarzdorlik yuzaga kelganligi ma&#8217;lum qilingan. Bundan taajjublangan iste&#8217;molchi Federatsiya ishonch telefoniga bog\u2018lanib, masalaga oydinlik kiritilishida amaliy yordam ko\u2018rsatilishini so\u2018ragan.<\/p>\n<p>Murojatni o\u2018rganish davomida iste&#8217;molchining xonadoniga yangi, zamonaviy rusumdagi gaz hisoblagich uskuna o\u2018rnatilganligi ma&#8217;lum bo\u2018ldi. Ushbu rusumdagi hisoblagich esa on-layn ravishda ko\u2018rsatkichlarni yuborib turadi va iste&#8217;molchida katta miqdorda qarzdorlik yuzaga kelishiga yo\u2018l qo\u2018ymasdan, uni avtomatik ravishda tarmoqdan uzib qo\u2018yadi. Mazkur masalada Qo\u2018qon shahar gaz idorasiga kiritilgan so\u2018rovga esa, negadir Vazirlar Mahkamasining 22-sonli qarori asosida iste&#8217;molchi tomonidan iste&#8217;mol qilgan gaz ko\u2018rsatkichini har oyning 10-sanasida taqdim qilib borishi belgilanganligi, lekin iste&#8217;molchi o\u2018z vaqtida tadim qilib bormaganligi sababidan asoslanmagan qarzdorlik yuzaga kelgan, degan mazmundagi javob xati olindi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda o\u2018quvchida, xonadonga o\u2018rnatilgan smart gaz hisoblagich uskuna har oyning 10-sanasida emas, balki kerak bo\u2018lsa har soniyada iste&#8217;mol ko\u2018rsatkichlarni yuborib turibdiku, yangi tizim iste&#8217;molchini qo\u2018shimcha ovoragarchiliklardan qutqarish uchun amaliyotga joriy qilinmadimi, degan haqli savol tug\u2018ilishi tabiiy. Hukumatimizning 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan &#171;Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari&#187;ning 89-bandiga ko\u2018ra, &#171;Tabiiy gaz iste&#8217;molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (TGHNAT) ulangan va belgilangan me&#8217;yorlar asosida hisob-kitob qilinadigan iste&#8217;molchilarga hisob-kitob oyida yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi billing tizimi orqali avtomatlashtirilgan rejimda aniqlanadi&#187;, ya&#8217;ni iste&#8217;molchidan gaz idorasiga qo\u2018shimcha ravishda ma&#8217;lumot taqdim qilib borish talab etilmaydi. Yuqoridagi kabi talablar esa TGHNATga ulanmagan iste&#8217;molchilarga nisbatan bildirilishi mumkin.<\/p>\n<p>Murojaatni o\u2018rganish yakunlariga qaytsak, o\u2018rganishda haqiqatan ham iste&#8217;molchida asoslanmagan qarzdorlik yuzaga kelganligi qayd qilindi va bu haqda iste&#8217;molchiga ma&#8217;lum qilindi, hozirda gaz idorasi tomonidan iste&#8217;molchida yuzaga kelgan asoslanmagan qarzdorlikni bartaraf qilish chora-tadbirlari ko\u2018rilmoqda.<\/p>\n<p><strong>Muhammadjon O\u2018lmasov,<\/strong><br \/>\nshahar jamiyati bosh mutaxassisi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo\u2018qon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Olimqul dodhoh ko\u2018chasida yashovchi S.F.ning gaz ta&#8217;minoti to\u2018lovlarida yuzaga kelayotgan asoslanmagan qarzdorlikdan norozi bo\u2018lib Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan og\u2018zaki murojaati o\u2018rganildi. Murojaat egasining so\u2018zlariga ko\u2018ra, u iste&#8217;mol qilingan tabiiy gaz uchun to\u2018lovlarni xonadoniga o\u2018rnatilgan gaz hisoblagich uskuna ko\u2018rsatkichlari asosida amalga oshirib kelayotgan bo\u2018lsada, unga [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7259,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-7258","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":141,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7258"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7258"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7258\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7260,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7258\/revisions\/7260"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7259"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7258"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7258"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7258"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}