{"id":7276,"date":"2023-11-10T15:31:26","date_gmt":"2023-11-10T12:31:26","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=7276"},"modified":"2023-11-10T15:31:26","modified_gmt":"2023-11-10T12:31:26","slug":"%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b5%d1%8a%d0%bc%d0%be%d0%bb%d1%87%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d0%bd%d0%b3-%d2%9b%d0%be%d0%bd%d1%83%d0%bd%d0%b8%d0%b9-%d1%82%d0%b0%d0%bb%d0%b0%d0%b1%d0%b8-%d0%b8%d0%b6%d1%80%d0%be%d1%81","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/7276","title":{"rendered":"Iste&#8217;molchining qonuniy talabi ijrosi ta&#8217;minlandi"},"content":{"rendered":"<h5>Marg\u2018ilon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Toshloq tumani &#171;Turvat&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018ini hududida yashovchi I. U.dan murojaat kelib tushdi. Murojaatda fuqaro Marg\u2018ilon shahri &#171;Ipakchi buyum bozori&#187;dagi do\u2018konlardan biridan xarid qilingan qishki kiyim maqbul sifatda emasligi ma&#8217;lum bo\u2018lgach bu borada sotuvchiga qo\u2018yilgan qonuniy talablar bajarilmayotganligi ma&#8217;lum qilinib, muammoni bartaraf qilinishida amaliy yordam ko\u2018rsatilishi so\u2018raladi.<\/h5>\n<p>Iste&#8217;molchining so\u2018zlariga ko\u2018ra, u ayollar uchun pal&#8217;tosini 230 000 so\u2018mga xarid qiladi. Oldi-sotdi jarayonida sotuvchi tomonidan ma&#8217;qul kelmasa almashtirish yoki pulini qaytarilishi bo\u2018yicha va&#8217;dalar ham beriladi. Shu asnoda sotib olinib xonadonga keltirilgan qishki kiyimda esa nuqsonlari borligini payqagach, savdo do\u2018koniga qaytarib olib, uni almashtirish yoki pulini qaytarishni so\u2018ragan. Rad javobi olgach esa shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib kelgan.<\/p>\n<p>&#171;Iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida&#187;gi qonunning 8-moddasiga ko\u2018ra, sotuvchi shartnoma tuzish yo\u2018li bilan iste&#8217;molchiga maqbul sifatdagi tovarni mulk qilib topshirish majburiyatini oladi. Tuzilgan zahoti bajariladigan shartnomalar, qoida tariqasida, og\u2018zaki shaklda tuziladi. Odatda kundalik hayotimizda oldi-sotdi amaliyotlarini xuddi shu og\u2018zaki shartnomalar asosida amalga oshiramiz. O\u2018z-o\u2018zidan ayonki, iste&#8217;molchi tovarning narxi bilan birgalikda, sotuvchining ana shu og\u2018zaki shartnomalar bo\u2018yicha ahdlashishlar jarayonidagi shartlarga ham e&#8217;tibor qaratadi. Agar ushbu jarayonda sotuvchi tovarni erkin almashtirib berishi, yoqmasa pulini qaytarib berishlari, kafolat muddati masalasida va boshqa holatlar bo\u2018yicha boshqa sotuvchilarga qaraganda quyuqroq va&#8217;dalar bersa, bu iste&#8217;molchining tanlovida e&#8217;tibordan chetda qolib ketmaydi, albatta. Agar oldi-sotdi amalga oshsa, demak, bergan va&#8217;dalari ham sotuvchining zimmasiga majburiyat bo\u2018lib o\u2018tadi.<\/p>\n<p>Murojaat asosida olib borilgan o\u2018rganish ishlarida bozordagi savdo do\u2018koni sotuvchisiga yuqoridagi holatlar, ularga qo\u2018shimcha ravishda, u iste&#8217;molchining qonuniy talablarini bajarmagani sababli, iste&#8217;molchida qonunning 16-moddasi tartibida shartnoma bekor qilinishi, o\u2018ziga yetkazilgan moddiy ziyon va ma&#8217;naviy zararni qoplanishini talab qilish huquqi ham vujudga kelishini tushuntirildi. Tushuntirishlardan to\u2018g\u2018ri xulosa chiqargan sotuvchi iste&#8217;molchining 230 000 so\u2018m pulini qaytarib berdi.<\/p>\n<p><strong>Muhammadaziz Isaqov,<\/strong><br \/>\nshahar jamiyati bosh mutaxassisi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Marg\u2018ilon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Toshloq tumani &#171;Turvat&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018ini hududida yashovchi I. U.dan murojaat kelib tushdi. Murojaatda fuqaro Marg\u2018ilon shahri &#171;Ipakchi buyum bozori&#187;dagi do\u2018konlardan biridan xarid qilingan qishki kiyim maqbul sifatda emasligi ma&#8217;lum bo\u2018lgach bu borada sotuvchiga qo\u2018yilgan qonuniy talablar bajarilmayotganligi ma&#8217;lum qilinib, muammoni bartaraf qilinishida amaliy yordam ko\u2018rsatilishi so\u2018raladi. Iste&#8217;molchining [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7277,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-7276","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":185,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7276"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7276"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7276\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7278,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7276\/revisions\/7278"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7277"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7276"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7276"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7276"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}