{"id":7279,"date":"2023-11-16T07:45:39","date_gmt":"2023-11-16T04:45:39","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=7279"},"modified":"2023-11-16T07:49:52","modified_gmt":"2023-11-16T04:49:52","slug":"%d1%82%d1%9e%d1%80%d1%82-%d0%bc%d0%b8%d0%bb%d0%bb%d0%b8%d0%be%d0%bd-%d1%81%d1%9e%d0%bc%d0%b3%d0%b0-%d1%85%d0%b0%d1%80%d0%b8%d0%b4-%d2%9b%d0%b8%d0%bb%d0%b8%d0%bd%d0%b3%d0%b0%d0%bd-%d1%82%d0%b5%d0%bb","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/7279","title":{"rendered":"To\u2018rt million so\u2018mga xarid qilingan televizorda nuqson chiqdi"},"content":{"rendered":"<h5>Bag\u2018dod tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning &#171;Samarqand&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018inida yashovchi M.E.ning to\u2018rt million so\u2018mga xarid qilingan televizor bilan muammolar yuzasidan qilgan murojaati o\u2018rganildi.<\/h5>\n<p>Iste&#8217;molchi murojaatida bildirishicha, u tuman markazidagi &#171;Ishonch savdo markazi&#187;dan Rosso smart rusumli televizorni 4 083 625 so\u2018mga xarid qiladi. Lekin xonadonga keltirilgan televizordan foydalanishda muammoga duch keladi. Televizorni xonadonga o\u2018rnatib berayotgan usta tomonidan televizorning pul&#8217;ti o\u2018ziniki emasligi, shu sababdan uni ishlatib bo\u2018lmayotganligi aytilgach, iste&#8217;molchi savdo markaziga borib ushbu masalada murojaat qiladi. Savdo markazidagilar televizor pul&#8217;tini topib berishga va&#8217;da bergan bo\u2018lsalarda, masala oxiriga yetkazilavermagach, tuman jamiyatiga bu borada amaliy yordam ko\u2018rsatilishini so\u2018rab ariza bilan murojaat qiladi.<\/p>\n<p>Tuman jamiyati mutaxassislari mazkur masalada savdo markaziga tashrif buyurganlarida, iste&#8217;molchining murojaatida ko\u2018rsatilgan vajlar tasdig\u2018ini topdi. Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida esa, savdo markazida sotuvda ekran diagonali 43 dyuymli xuddi shu rusumdagi boshqa televizor bo\u2018lmaganligi sababli, iste&#8217;molchining roziligi bilan nuqsonli televizor ekran diagonali 32 dyuymli televizorga almashtirilib, amaldagi qonunchilik talablari asosida, qayta hisob-kitob ishlari o\u2018tkazildi va ortiqcha summa iste&#8217;molchiga qaytarildi.<\/p>\n<p><strong>Diloromxon Mirzayeva,<\/strong><br \/>\ntuman jamiyati bosh mutaxassisi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bag\u2018dod tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning &#171;Samarqand&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018inida yashovchi M.E.ning to\u2018rt million so\u2018mga xarid qilingan televizor bilan muammolar yuzasidan qilgan murojaati o\u2018rganildi. Iste&#8217;molchi murojaatida bildirishicha, u tuman markazidagi &#171;Ishonch savdo markazi&#187;dan Rosso smart rusumli televizorni 4 083 625 so\u2018mga xarid qiladi. Lekin xonadonga keltirilgan televizordan foydalanishda muammoga duch keladi. Televizorni xonadonga [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7281,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-7279","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":85,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7279"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7279"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7279\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7283,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7279\/revisions\/7283"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7281"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7279"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7279"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7279"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}