{"id":7293,"date":"2023-11-22T06:25:49","date_gmt":"2023-11-22T03:25:49","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=7293"},"modified":"2023-11-23T07:07:13","modified_gmt":"2023-11-23T04:07:13","slug":"%d0%bc%d0%b0%d2%9b%d0%b1%d1%83%d0%bb-%d1%81%d0%b8%d1%84%d0%b0%d1%82%d0%b4%d0%b0%d0%b3%d0%b8-%d0%b0%d0%bb%d0%bc%d0%b0%d1%88%d1%82%d0%b8%d1%80%d0%b8%d0%bb%d0%bc%d0%b0%d0%b9%d0%b4%d0%b8%d0%b3%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/7293","title":{"rendered":"&#171;Maqbul sifatdagi almashtirilmaydigan&#187; va &#171;nuqson chiqqanda almashtiriladigan&#187; tovar tushunchalarini adashtirmaylik"},"content":{"rendered":"<h5>Quvasoy shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning A.Azizov ko\u2018chasida yashovchi S.A.ning xarid qilingan qurilish-pardozlash materialining nuqsonli chiqqanligi-yu sotuvchi uni almashtirib bermayotganligi xususidagi murojaati o\u2018rganildi.<\/h5>\n<p>Iste&#8217;molchi murojaatida bayon qilishicha, u Farg\u2018ona shahridagi qurilish materiallari bozoridan 2 800 000 so\u2018mga gulqog\u2018oz (oboi) xarid qiladi. Ularni xonadoniga keltirganida pardozlash ishlarini olib borayotgan usta ichidagi bir nechta rulondagi gulqog\u2018ozning gulida biroz farq borligini aytadi. Iste&#8217;molchi shu kunni o\u2018zida qaytib kelib sotuvchidan ularni almashtirib olishga urinadi, lekin rad javobi oladi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda ko\u2018pincha aholi va soutvchilar o\u2018rtasida turli tushunmovchiliklarga sabab bo\u2018lib qolayotgan bir holatga o\u2018quvchilar e&#8217;tiborini qaratib o\u2018tishimiz lozim. &#171;Iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida&#187;gi qonunning 18-moddasiga ko\u2018ra, iste&#8217;molchi maqbul sifatdagi (hech qanday nuqsoni bo\u2018lmagan) nooziq-ovqat tovarini, uning qandaydir iste&#8217;mol xususiyatlari (rangi, fasoni, o\u2018lchami va hokazo) yoqmaganligi vaji bilan, xarid qilingan kunidan e&#8217;tiboran 10 kun ichida almashtirib olish huquqiga ega. Faqatgina ushbu tovar &#171;O\u2018zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari&#187;ning 1-ilovasida keltirib o\u2018tilgan &#171;Zarur sifatdagi, qaytarib olinmaydigan yoki shunga o\u2018xshash tovarga almashtirilmaydigan nooziq-ovqat tovarlari ro\u2018yxati&#187;ga kiritilmagan bo\u2018lsa bo\u2018ldi. Tovar ushbu ro\u2018yxatda bo\u2018lsa, demak u almashtirilmaydi. Lekin bu degani, tovar ushbu ro\u2018yxatga kiritilgan bo\u2018lsa, unda nuqson aniqlansayam almashtirilmaydi, degani emas. Qonunning 13-moddasiga ko\u2018ra, nuqsonli tovar qaytarib olinadi va almashtiriladi.<\/p>\n<p>Iste&#8217;molchi S.A. xarid qilgan tovar ham yuqoridagi ro\u2018yxatga kiritilgan, lekin ushbu holatda iste&#8217;molchi gulqog\u2018ozning rangi yoki boshqa iste&#8217;mol xususiyati yoqmaganligini emas, balki xarid qilingan gulqog\u2018oz rulonlari ichidan ma&#8217;lum qismida gullari farq qilishini vaj qilib ko\u2018rsatmoqda. Bu holatda esa iste&#8217;molchi gulqog\u2018oz rulonlarining nafaqat gullari farq qiladigan qismiga, balki butun to\u2018plamni almashtirilishi talabini ham qo\u2018yishi mumkin bo\u2018ladi. Shahar jamiyati mutaxassisi tomonidan ushbu holatlar sotuvchiga tushuntirilgach, u gulqog\u2018oz rulonlari ichidan nuqsonli deb hisoblangan 700 000 so\u2018mlik qismini tezlikda almashtirib berdi.<\/p>\n<p><strong>Farxodjon Xaydarov,<\/strong><br \/>\nshahar jamiyati raisi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Quvasoy shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning A.Azizov ko\u2018chasida yashovchi S.A.ning xarid qilingan qurilish-pardozlash materialining nuqsonli chiqqanligi-yu sotuvchi uni almashtirib bermayotganligi xususidagi murojaati o\u2018rganildi. Iste&#8217;molchi murojaatida bayon qilishicha, u Farg\u2018ona shahridagi qurilish materiallari bozoridan 2 800 000 so\u2018mga gulqog\u2018oz (oboi) xarid qiladi. Ularni xonadoniga keltirganida pardozlash ishlarini olib borayotgan usta ichidagi bir nechta rulondagi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7294,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-7293","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":82,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7293"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7293"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7293\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7295,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7293\/revisions\/7295"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7294"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7293"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7293"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7293"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}