{"id":7334,"date":"2023-11-30T07:28:08","date_gmt":"2023-11-30T04:28:08","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=7334"},"modified":"2023-11-30T07:28:08","modified_gmt":"2023-11-30T04:28:08","slug":"%d0%b3%d0%b8%d1%91%d2%b3%d0%bb%d0%b0%d1%80-%d0%b1%d0%b8%d0%bb%d0%b0%d0%bd-%d0%b4%d0%b0%d0%b2%d0%be%d0%bb%d0%b0%d1%88-%d0%b8%d0%b6%d0%be%d0%b1%d0%b8%d0%b9-%d0%bd%d0%b0%d1%82%d0%b8%d0%b6%d0%b0-%d0%b1","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/7334","title":{"rendered":"Giyohlar bilan davolash ijobiy natija bermagan bemorning to\u2018rt million so\u2018m puli qaytarildi"},"content":{"rendered":"<h5>O\u2018zbekiston tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning Nursux qishlog\u2018ida yashovchi D.R.dan kelib tushgan murojaatda kasalliklarni turli giyohlar vositasida davolovchi tabibdan xarid qilingan dori vositasi uchun to\u2018langan pullarini qaytarilishida amaliy yordam ko\u2018rsatilishi so\u2018ralgan.<\/h5>\n<p>Murojaatda bayon qilinishicha, D.R. virusli gepatit B kasalligidan davolanish maqsadida joriy yilning sentyabr oyi oxirlarida Toshkent viloyati To\u2018ytepa shahrida xalq tabobati yo\u2018li bilan kasalliklarni davolash faoliyati bilan shug\u2018ullanuvchi F. ismli tabibga borib uchrashgan. Kasalligiga oid turli tahlillar natijalarini ham olib borgani sababli tabibga ularni ko\u2018rsatgan. Tabib unga turli giyohlardan tayyorlangan 12 quti dori vositalarini berib, ularni 8 oy davomida uzulksiz iste&#8217;mol qilib tursa qoni tarkibidagi virus kamayishini aytgan. Bemor damlamalarni 1 oy davomida iste&#8217;mol qilib borib, oy oxirida yana organizmidagi o\u2018zgarishlarni bilish uchun mustaqil tahlil topshirganda tahlillar qoni tarkibidagi viruslar kamayish o\u2018rniga oshib ketganligini ko\u2018rsatgan. Shundan so\u2018ng ushbu masalada Federatsiya xodimlariga murojaat qilgan.<\/p>\n<p>&#171;Iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida&#187;gi qonunning 7-moddasiga ko\u2018ra, sotib olinayotgan tovar haqida noto\u2018g\u2018ri yoki yetarli darajada to\u2018liq bo\u2018lmagan ma&#8217;lumot berilishi oqibatida zarur iste&#8217;mol xossalariga ega bo\u2018lmagan tovar sotib olinishiga sabab bo\u2018lsa, iste&#8217;molchi shartnomani bekor qilishga va o\u2018ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqli hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, tuman jamiyati xodimlari tabib bilan bog\u2018lanib, yuzaga kelgan holatda qonunning yuqoridagi talablarini va ushbu talablarni bajarmaslik natijasida kelib chiquvchi huquqiy oqibatlarni tushuntirganlaridan so\u2018ng, tabib bemorning to\u2018rt million so\u2018m pulini uning bank plastik kartasiga qaytardi.<\/p>\n<p><strong>Isomiddin Abbasov,<\/strong><br \/>\ntuman jamiyati bosh mutaxassisi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning Nursux qishlog\u2018ida yashovchi D.R.dan kelib tushgan murojaatda kasalliklarni turli giyohlar vositasida davolovchi tabibdan xarid qilingan dori vositasi uchun to\u2018langan pullarini qaytarilishida amaliy yordam ko\u2018rsatilishi so\u2018ralgan. Murojaatda bayon qilinishicha, D.R. virusli gepatit B kasalligidan davolanish maqsadida joriy yilning sentyabr oyi oxirlarida Toshkent viloyati To\u2018ytepa shahrida xalq tabobati yo\u2018li [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7335,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-7334","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":143,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7334"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7334"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7334\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7336,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7334\/revisions\/7336"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7335"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7334"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7334"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7334"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}