{"id":7343,"date":"2023-12-05T11:50:46","date_gmt":"2023-12-05T08:50:46","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=7343"},"modified":"2023-12-05T11:50:46","modified_gmt":"2023-12-05T08:50:46","slug":"%d1%80%d0%b0%d2%9b%d0%be%d0%b1%d0%b0%d1%82-%d2%9b%d1%9e%d0%bc%d0%b8%d1%82%d0%b0%d1%81%d0%b8-%d0%bc%d0%b0%d1%81%d1%8a%d1%83%d0%bb-%d1%85%d0%be%d0%b4%d0%b8%d0%bc%d0%bb%d0%b0%d1%80%d0%b8-%d2%b3%d1%83","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/7343","title":{"rendered":"Raqobat qo\u2018mitasi mas&#8217;ul xodimlari hududiy birlashma tizimidagi jamiyatlar xodimlari uchun o\u2018quv seminari o\u2018tkazdilar"},"content":{"rendered":"<h5>Farg\u2018ona shahridagi &#171;Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi&#187;da O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Farg\u2018ona viloyatidagi hududiy birlashmasi hamda tuman (shahar) jamiyatlari mas&#8217;ul xodimlari uchun o\u2018quv seminari bo\u2018lib o\u2018tdi. Seminar O\u2018zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u2018mitasi tashabbusi bilan tashkillandi va o\u2018tkazildi.<\/h5>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-7345\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/12\/22-300x169.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"169\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/12\/22-300x169.jpg 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/12\/22.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-7346\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/12\/33-300x169.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"169\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/12\/33-300x169.jpg 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/12\/33.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-7347\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/12\/44-300x169.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"169\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/12\/44-300x169.jpg 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/12\/44.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-7348\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/12\/55-300x169.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"169\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/12\/55-300x169.jpg 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/12\/55.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n<p><strong>&#171;Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilishdagi o\u2018zaro hamkorlik&#187;<\/strong> mavzusiga bag\u2018ishlangan o\u2018quv tadbirida kun tartibidagi asosiy masala bo\u2018yicha Qo\u2018mitaning &#171;Strategik rejalashtirish, metodologiya va transformasiya bo\u2018limi&#187; boshlig\u2018i o\u2018rinbosari Temurbek Abdullaev ma&#8217;ruza qildi.<\/p>\n<p>Ma&#8217;ruzachi tomonidan ta&#8217;kidlandiki, mazkur tadbirni tashkillangan ko\u2018zlangan asosiy maqsad iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish bo\u2018yicha vakolatli davlat organi bo\u2018lgan Qo\u2018mita hamda iste&#8217;molchilarning jamoat birlashmasi bo\u2018lgan Federatsiya o\u2018rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, xodimlar salohiyati va kompetensiyasini yuksaltirishga ko\u2018maklashish hamda o\u2018zaro muloqotni yo\u2018lga qo\u2018yishdan bo\u2018lib, joriy yilning noyabr-dekabr oylarida har bir hududga chiqqan holda, Federatsiyaning barcha hududiy birlashma, tuman (shahar) jamiyatlari xodimlari bilan uchrashuvlar tarzida o\u2018tkazilmoqda. Tadbirlarda O\u2018zbekiston Respublikasining iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risidagi qonunchiligi, qonunchilik talablarini amaliyotga qo\u2018llash, iste&#8217;molchilar muammolari va murojaatlari bilan ishlash, xalqaro tajriba, vakolatli davlat organlari bilan hamkorlik masalalarini atroflicha tushuntirish va birgalikda muhokama qilish qilish, joylarda iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida mavjud muammo va va takliflarni tahlil qilish ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p>Kun tartibidagi asosiy ma&#8217;ruza tinglangach, kun tartibidagi masalalar yuzasidan Qo\u2018mitaning Farg\u2018ona viloyat hududiy boshqarmasi hamda Federatsiyaning viloyat hududiy birlashmasi rahbar va mas&#8217;ul xodimlarining yaikr mulohazalari tinglandi. Seminar doirasida Federatsiyaning tuman va shahar jamiyatlarida mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlar tomonidan kundalik faoliyat davomida iste&#8217;molchilar murojaatlari bilan ishlash, ichki bozorda sotilayotgan mahsulotlar sifati va xavfsizligi ustidan jamoatchilik nazorati tadbirlarini o\u2018tkazish masalalarida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirib o\u2018tilib, mazkur muammolarni bartaraf qilish bo\u2018yicha takliflar ham ilgari surildi.<\/p>\n<p>Tadbir yakunlariga ko\u2018ra, iste&#8217;molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ichki bozorlarda sotilayotgan tovar (ish, xizmat)larning amaldagi qonunchilik talablariga mosligi yuzasidan o\u2018tkaziladigan monitoringlarda, shuningdek aholi (iste&#8217;molchilar)ning sohaga oid huquqiy bilimi va iste&#8217;mol madaniyatini oshirish Qo\u2018mita va Federatsiyaning hududiy tashkilotlari o\u2018rtasida yanada yaqindan hamkorlik olib borishga kelishib olindi.<\/p>\n<p><strong>Hududiy birlashma Axborot xizmati\u00a0\u00a0\u00a0<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Farg\u2018ona shahridagi &#171;Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi&#187;da O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Farg\u2018ona viloyatidagi hududiy birlashmasi hamda tuman (shahar) jamiyatlari mas&#8217;ul xodimlari uchun o\u2018quv seminari bo\u2018lib o\u2018tdi. Seminar O\u2018zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u2018mitasi tashabbusi bilan tashkillandi va o\u2018tkazildi. &#171;Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilishdagi o\u2018zaro hamkorlik&#187; mavzusiga bag\u2018ishlangan o\u2018quv tadbirida kun [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7344,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-7343","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":109,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7343"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7343"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7343\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7349,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7343\/revisions\/7349"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7344"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7343"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7343"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7343"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}