{"id":7389,"date":"2023-12-20T10:35:11","date_gmt":"2023-12-20T07:35:11","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=7389"},"modified":"2023-12-20T10:35:11","modified_gmt":"2023-12-20T07:35:11","slug":"%d0%b6%d0%b0%d0%b2%d0%be%d0%b1%d0%b3%d0%b0%d1%80-%d1%82%d0%be%d0%bc%d0%be%d0%bd-%d0%be%d0%b3%d0%be%d2%b3%d0%bb%d0%b0%d0%bd%d1%82%d0%b8%d1%80%d0%b8%d0%bb%d0%b3%d0%b0%d1%87-%d0%bc%d1%83%d0%b0%d0%bc","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/7389","title":{"rendered":"Javobgar tomon ogohlantirilgach muammo sudgacha hal bo\u2018ldi"},"content":{"rendered":"<h5>Bugunlik kunda iste&#8217;molchi tomonidan xarid qilingan tovarlarda nosozlik kuzatilganda ayrim sotuvchi va servis markazi mas&#8217;ullari iste&#8217;molchini \u201cotanga bor, onanga bor\u201d qabilidagi harakatlari bilan ovorayu sarson bo\u2018lishiga sabab bo\u2018layotgani, natijada iste&#8217;molchi turli davlat idoralariga murojaat qilib qimmatli vaqti va tiklanmas asab tolalarini yo\u2018qotayotgani holatlari, afsuski, ko\u2018p uchramoqda.<br \/>\nToshloq tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tuman ichki ishlar bo\u2018limi tomonidan yuborilgan murojaat ham shundaylardan biri.<\/h5>\n<p>Marg\u2018ilon shahar Mustaqillik ko\u2018chasida yashovchi A. Z. joriy yilning avgust oyida Toshloq tumanida joylashgan \u201cGarant\u201d kredit savdo do\u2018konidan narxi 2 450 000 so\u2018m bo\u2018lgan \u201cSamsung VC18M31B0HN 1800vt\u201d markali changyutgichni qiymatini bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018lash sharti bilan xarid qilgan. Iste&#8217;molchiga oyiga 244 000 so\u2018mdan to\u2018lab borish bo\u2018yicha to\u2018lov jadvali chiqarib berilgan. Ammo afsuski 15 kun ichida ikki marotaba ishlatganidan so\u2018ng changyutgich ishlamay qolgan.<\/p>\n<p>Nuqsonli changyutgichni ko\u2018tarib savdo do\u2018koniga kelgan iste&#8217;molchiga servisga olib borasiz deb uqtirishgan. Shundan so\u2018ng iste&#8217;molchi changyutgichni Farg\u2018ona shahridagi \u201cSamsung\u201d servis markaziga olib borganida mutaxassis akkumulyatorida deffekt bor ekan, deb changyutgichni sozlash uchun olib qolgan. Oradan bir yarim oy o\u2018tib daragi bo\u2018lmagan changyutgichni surishtirib servis maokaziga telefon qilgan iste&#8217;molchiga \u201chali tuzalgani yo\u2018q\u201d degan javob berilgan. Sabri tugagan iste&#8217;molchi servis markaziga o\u2018zi borib surishtirganida changyutgichni topib berisholmaganligi sababli boshqasini berib jo\u2018natishgan.<br \/>\nIste&#8217;molchi servisda almashtirib berilgan changyutgichni yana \u201cGarant\u201dkredit savdo do\u2018koniga olib kelganida \u201cqalbakisini olib kelibsiz\u201d deya changyutgichni yana iste&#8217;molchiga qaytarib berishgan. Shuncha ovoragarchilik yetmaganidek, yana servis markaziga borib &#171;O\u2018zimni changyutgichimni topib beringlar&#187;, degan iste&#8217;molchiga \u201cbir haftada xabar oling\u201d deya changyutgichni olib qolishgan.<\/p>\n<p>Aytilgan kunda servisga borgan iste&#8217;molchini qo\u2018liga o\u2018zinikiga o\u2018xshagan changyutgichki tutqazishgan. Yana kredit savdo do\u2018koniga iste&#8217;molchi servis tomonidan berilgan changyutgichni olib kelganida do\u2018kon mutaxassisi changyutgichni shlangi changligini aytadi. Sabri tugagan iste&#8217;molchi \u201csenlar bilan shartnomani bekor qilaman. Changyutgich ham senlarga\u201d deya achchiq qilib tovarni tashlab chiqib ketadi. Shuncha ovorayu sarsongarchiliklar yetmaganidek, iste&#8217;molchi plastik kartasidan dekabr oyida 347 000 so\u2018m pul mablag\u2018i ham yechib olinadi.<\/p>\n<p>Murojaat o\u2018rganilishi jarayonida masala yuzasidan o\u2018zaro kelishuv bo\u2018lmagach, tuman jamiyati iste&#8217;molchining manfaatlarini ko\u2018zlab savdo do\u2018koni hamda servis markazi ustidan sudga da&#8217;vo arizasi kiritilishi bo\u2018yicha javobgar tomonlarga ogohlantirish xati kiritgach, javobgar tomon iste&#8217;molchi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilib, iste&#8217;molchidan olingan jami 592 000 so\u2018m pul mablag\u2018ini qaytarib berdi.<\/p>\n<p><strong>Shohistaxon Rahimova,<\/strong><br \/>\ntuman jamiyati mutaxassisi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugunlik kunda iste&#8217;molchi tomonidan xarid qilingan tovarlarda nosozlik kuzatilganda ayrim sotuvchi va servis markazi mas&#8217;ullari iste&#8217;molchini \u201cotanga bor, onanga bor\u201d qabilidagi harakatlari bilan ovorayu sarson bo\u2018lishiga sabab bo\u2018layotgani, natijada iste&#8217;molchi turli davlat idoralariga murojaat qilib qimmatli vaqti va tiklanmas asab tolalarini yo\u2018qotayotgani holatlari, afsuski, ko\u2018p uchramoqda. Toshloq tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tuman ichki [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7390,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-7389","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":97,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7389"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7389"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7389\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7391,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7389\/revisions\/7391"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7390"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7389"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7389"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7389"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}