{"id":7416,"date":"2023-12-28T10:31:17","date_gmt":"2023-12-28T07:31:17","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=7416"},"modified":"2023-12-28T10:31:17","modified_gmt":"2023-12-28T07:31:17","slug":"%d1%82%d1%9e%d2%9b%d2%9b%d0%b8%d0%b7-%d0%bc%d0%b8%d0%bb%d0%bb%d0%b8%d0%be%d0%bd-%d1%81%d1%9e%d0%bc%d0%bb%d0%b8%d0%b3%d0%b8-%d0%b4%d0%b0%d1%8a%d0%b2%d0%be-%d2%9b%d0%b8%d0%bb%d0%b8%d0%bd%d0%b3%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/7416","title":{"rendered":"To\u2018qqiz million so\u2018mligi da&#8217;vo qilingan qarzdorlik isbotini topmadi"},"content":{"rendered":"<h5>Farg\u2018ona tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida &#171;Hosilot&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018inida yashovchi H.M.ning suv oqova xizmatlari bo\u2018yicha asossiz qarzdorlik hisoblanayotganligi va ushbu holatga oydinlik kiritilishida amaliy yordam ko\u2018rsatilishini so\u2018rab qilgan murojaati o\u2018rganildi.<\/h5>\n<p>Iste&#8217;molchining bildirishicha, suv oqova xizmatlarini ko\u2018rsatuvchi korxona tomonidan uning tasarrufida bo\u2018lgan xonadonga nisbatan katta miqdorda qarzdorlik hisoblanib, uni bartaraf qilinishi so\u2018ralgan. Fuqaroning qo\u2018shimcha ma&#8217;lum qilishicha, xonadonga 2017 yilning 28 aprel kunida suv hisoblagich uskunasi o\u2018rnatilgan bo\u2018lib, o\u2018tgan vaqt davomida xonadonda hech kim yashamagan. To\u2018lovlarni esa hisoblagich ko\u2018rsatkichlari bo\u2018yicha to\u2018lab boravergan. Shu kunga qadar to\u2018langan summa esa 377 000 so\u2018mni tashkil qilgan. Fuqaroning qo\u2018lida xonadondagi suv hisoblagich uskunasining 2022 yil 15 noyabr kunida qiyoslov ko\u2018rigidan o\u2018tganligini va uning amal qilish muddati 2030 yil 15 noyabrgacha ekanligini tasdiqlovchi guvohnoma ham mavjud.<\/p>\n<p>Lekin shu yilning oktyabr oylariga kelib suv ta&#8217;minoti korxonasi mas&#8217;ullari tomonidan xonadonning korxona komp&#8217;yuter bazasi ko\u2018rsatkichlari bo\u2018yicha 9 471 574 so\u2018m qarzdorligi mavjudligi, qarzdorlik 2017-2023 yillar davomida xonadondagi ichimlik suvi iste&#8217;molining me&#8217;yoriy to\u2018lov asosida hisoblab borilishi va fuqaro har oyning 5 sanasiga qadar hisoblagich ko\u2018rsatkichlarini korxonaga taqdim qilib bormaganligi oqibatida kelib chiqqanligi, o\u2018tgan davr ichida uning tomonidan to\u2018langan 377 000 so\u2018m chiqarib yuborilgan taqdirda ham 9 094 574 so\u2018m qarzdorlikni bartaraf qilishi lozimligi aytiladi. Iste&#8217;molchi holatga o\u2018z kuchi bilan aniqlik kirita olmagach bu borada tuman jamiyatiga murojaat qiladi.<\/p>\n<p>Murojaatni o\u2018rganish jarayonida tuman jamiyati tomonidan suv ta&#8217;minoti korxonasiga kiritilgan so\u2018rov xatiga fuqaro ichimlik suvi ta&#8217;minoti korxonasiga &#171;barcha hujjatlari bilan kelib qayta hisob-kitob qilingani holda, hisob raqamiga birikib qolgan qarzdorlikka aniqlik kiritildi va ko\u2018rsatkich kiritish orqali hisoblangan noreal qarzdorlik yechib berildi&#187;, mazmunida javob olindi.<\/p>\n<p>Olib borilgan o\u2018rganishlar yakuni bilan fuqaroga hisoblangan qarzdorlikning asossizligi, uning mazkur to\u2018lovlardan qarzdorligi yo\u2018qligi haqida yozma ma&#8217;lum qilindi.<\/p>\n<p><strong>Abrorjon Isaqov,<\/strong><br \/>\ntuman jamiyati bosh mutaxassisi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Farg\u2018ona tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida &#171;Hosilot&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018inida yashovchi H.M.ning suv oqova xizmatlari bo\u2018yicha asossiz qarzdorlik hisoblanayotganligi va ushbu holatga oydinlik kiritilishida amaliy yordam ko\u2018rsatilishini so\u2018rab qilgan murojaati o\u2018rganildi. Iste&#8217;molchining bildirishicha, suv oqova xizmatlarini ko\u2018rsatuvchi korxona tomonidan uning tasarrufida bo\u2018lgan xonadonga nisbatan katta miqdorda qarzdorlik hisoblanib, uni bartaraf qilinishi so\u2018ralgan. Fuqaroning qo\u2018shimcha [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7417,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-7416","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":87,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7416"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7416"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7416\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7418,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7416\/revisions\/7418"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7417"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7416"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7416"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7416"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}