{"id":7463,"date":"2024-01-11T11:38:09","date_gmt":"2024-01-11T08:38:09","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=7463"},"modified":"2024-01-11T13:10:01","modified_gmt":"2024-01-11T10:10:01","slug":"%d0%bd%d0%be%d0%b3%d0%b8%d1%80%d0%be%d0%bd%d0%bb%d0%b8%d0%b3%d0%b8-%d0%b1%d1%9e%d0%bb%d0%b3%d0%b0%d0%bd-%d1%88%d0%b0%d1%85%d1%81%d0%bb%d0%b0%d1%80-%d1%83%d1%87%d1%83%d0%bd-%d0%be%d0%b1%d1%8a%d0%b5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/7463","title":{"rendered":"Nogironligi bo\u2018lgan shaxslar uchun ob&#8217;ektlar va xizmatlarning qulayligi prinsipini ta&#8217;minlab berilayotganligi holatlari yuzasidan jamoatchilik nazorati tarzida o\u2018rganish ishlari o\u2018tkazildi"},"content":{"rendered":"<h5>O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cJamoatchilik nazorati to\u2018g\u2018risida\u201dgi, \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi \u201cIste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi 414-sonli qarori bilan belgilab berilgan huquqlardan, shuningdek bu borada nogironligi bo\u2018lgan shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlardan kelib chiqqan holda, &#171;Nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning huquqlari to\u2018g\u2018risida&#187;gi qonun 4-moddasidagi nogironligi bo\u2018lgan shaxslar (iste&#8217;molchilar) uchun ob&#8217;ektlar va xizmatlarning qulayligi prinsipini ta&#8217;minlab berilayotganligi holatini o\u2018rganish hamda bu borada tegishli takliflar ishlab chiqish maqsadida viloyat hududidagi, mulkchilik shaklidan qat&#8217;iy nazar, aholiga turli xizmatlarni ko\u2018rsatuvchi ob&#8217;ektlar: supermarketlar, bozorlar, umumiy ovqatlanish va avtomobillarga yoqilg\u2018i quyish shoxobchalari, aeroport, temir yo\u2018l vokzallari, avtoshohbekatlar hamda boshqa shu turdagi jamoat joylariga nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning kirib-chiqishi uchun sharoitlar (pandus)ning yaratilganligi, shuningdek hojatxonalarning mavjudligi va ularda nogironligi bor shaxslar uchun alohida sharoitlar nazarda tutilganligi holatlari, O\u2018zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi viloyat bo\u2018linmasi hamda O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi viloyat hududiy birlashmasining 13.11.2023 yildagi Qo\u2018shma buyrug\u2018i asosida, tuman va shahar hududlarida Nogironlar jamiyatlari mas&#8217;ullari hamkorligida jamoatchilik monitoringi (kuzatuv-o\u2018rganish) tarzida o\u2018rganishdan o\u2018tkazildi.<\/h5>\n<p>O\u2018rganishlarda asosiy e&#8217;tibor:<br \/>\n<em>&#8212; nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning mazkur ob&#8217;ektga erkin kirib-chiqish imkoniyatining yaratilganligi \u2013 pandus;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; ob&#8217;ekt ikki va undan ortiq qavatli bo\u2018lganda nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning uning yuqori qavatlariga chiqish imkoniyatlari ta&#8217;minlanganligi;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; ob&#8217;ektda hojatxona mavjudligi va undan nogironligi bor shaxslar foydalanishi uchun sharoitning yaratilganligi;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; ob&#8217;ekt hududida avtotransport vositalarini to\u2018xtab turish joyining mavjudligi va bu joyda nogironligi bo\u2018lgan shaxslar avtotransport vositalari uchun alohida maxsus joy (joylar) ajratilganligi;<\/em><br \/>\n<em>&#8212; to\u2018xtab turish joyining tegishli yo\u2018l belgilari (5.15. To\u2018xtab turish joyi va 7.17. Nogironlar) bilan hamda nogironligi bo\u2018lgan shaxslar avtotransport vositalari uchun alohida maxsus joyning yo\u2018l chiziqlari (1.24. Nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun to\u2018xtab turish joyi) bilan jixozlanganligi<\/em> holatlariga qaratildi.<br \/>\nO\u2018rganishlar davomida viloyatning 16 ta hududidagi 95 ta xo\u2018jalik yurituvchi sub&#8217;ektlarga qarashli bo\u2018lgan ob&#8217;ektlar kuzatuvdan o\u2018tkazildi. Shularning 45 tasi aholiga savdo, umumiy ovqatlanish, transport, moliyaviy, tibbiy va boshqa turdagi xizmatlarni ko\u2018rsatuvchi xususiy mulkchilik shaklidagi tashkilotlar, 50 tasi esa aholiga turli davlat xizmatlarini ko\u2018rsatuvchi davlatga qarashli tashkilotlardan iborat bo\u2018ldi.<br \/>\nO\u2018rganishda yuqoridagi jami 95 ta xo\u2018jalik yurituvchi sub&#8217;ektlarning 70 tasida nogironligi bo\u2018lgan shaxslarga ob&#8217;ektga erkin kirib-chiqish imkoniyatlari yaratib berilgan (pandus qilingan)ligi, mazkur panduslarning 16 tasi amaldagi talablarga to\u2018liq javob bermasligi (maxsus panjara bilan jixozlanmagan) kuzatildi. Kuzatilgan 25 ta ob&#8217;ektlarda esa turli sabablar bilan pandus qilinmagan.<\/p>\n<p>O\u2018rganishdan o\u2018tkazilgan jami sub&#8217;ektlarning 12 tasida hojatxonalar yo\u2018q. Bular Qo\u2018qon shahridagi 3 ta, Quvasoy shahri, Toshloq, Uchko\u2018prik, Beshariq tumanlaridagi 2 tadan, Quva tumanidagi 1 ta ob&#8217;ektlardir. Hojatxonalar mavjud bo\u2018lgan 83 ta ob&#8217;ektdagi hojatxonalarning 80 tasi o\u2018sha ob&#8217;ektni tasarruf qilayotgan tashkilotga tegishli bo\u2018lib, qolgan 3 tasi boshqa sub&#8217;ektlar tomonidan tasarruf qilinadi. Yuqoridagilarning ichidan 8 ta hojatxonlarda pulli xizmatlar ko\u2018rsatilmoqda. Pulli xizmat ko\u2018rsatayotgan hojatxonalarda mas&#8217;ullar tomonidan nogironlar uchun bepul xizmat ko\u2018rsatilishi bildirilgan bo\u2018lsada, amaldagi qonunchilik talablariga ko\u2018ra, imtiyozga ega bo\u2018lgan shaxsga bepul xizmat ko\u2018rsatilishi to\u2018g\u2018risida ogohlantirish mazmunida yozuvlar qo\u2018yilmagan. Bu esa o\u2018z navbatida ushbu ob&#8217;ektlarda barchadan to\u2018lov olinishini bildiradi. Jami 83 ta hojatxonalarning 25 tasidagina nogironligi bo\u2018lgan shaxslar uchun qo\u2018shimcha qulayliklar yaratilgan, xolos. Qolgan 58 ta hojatxonadan nogironligi bo\u2018lgan shaxs foydalana olmaydi yoki foydalanishida qiyinchiliklarga duch keladi.<br \/>\nO\u2018rganilgan ob&#8217;ektlarning 59 tasida tashkilot oldida avtotransport vositalarining to\u2018xtab turish joylari tashkillanganligi, ular jami bo\u2018lib 1354 ta avtomobil o\u2018rniga egaligi, shularning 58 tasi ushbu tashkilotlarning o\u2018z tasarrufidaligi qayd qilindi. Yuqoridagilardan 3 ta (Oltiariqda 1 ta, Rishtonda 2 ta) to\u2018xtab turish joylari pullik asoslarda xizmat ko\u2018rsatmoqda. Ushbu pullik to\u2018xtab turish joylari mas&#8217;ullari tomonidan nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning avtomobillari uchun to\u2018lov olinmasligi bildirilgan bo\u2018lsada, imtiyozga ega bo\u2018lgan shaxsga bepul xizmat ko\u2018rsatilishi to\u2018g\u2018risida ogohlantirish mazmunida yozuvlar qo\u2018yilmagan. Bu esa o\u2018z navbatida ushbu ob&#8217;ektlarda barchadan to\u2018lov olinishini bildiradi.<br \/>\nJami 59 ta avtotransport vositalarining to\u2018xtab turish joylarining 13 tasida, ushbu joylar uchun mas&#8217;ul bo\u2018lgan shaxslar tomonidan, nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun alohida joylar ajratilganligi ma&#8217;lum qilingan bo\u2018lsada, nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning avtotransport vositalariga ajratilgan to\u2018xtab turish joyi amaldagi yo\u2018l harakati qoidalariga ko\u2018ra, 1.24. Nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun to\u2018xtab turish joyi yotiq chiziqlari bilan jixozlanmagan. Bu esa o\u2018z navbatida mazkur imtiyozli o\u2018rindan foydalanishda turli kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi.<br \/>\nUmuman olganda o\u2018rganishdan o\u2018tkazilgan birorta ham avtotransport vositalarining to\u2018xtab turish joylari, amaldagi yo\u2018l harakati qoidalari talablariga zid ravishda, tegishli \u201c5.15. To\u2018xtab turish joyi\u201d va \u201c7.17. Nogironlar\u201d yo\u2018l belgilari bilan jixozlanmaganligi, shuningdek nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning avtotransport vositalariga ajratilgan to\u2018xtab turish joyi 1.24. Nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun to\u2018xtab turish joyi yotiq chiziqlari bilan jixozlanmaganligi qayd qilindi.<\/p>\n<p>Yuqoridagi holatlar amaldagi \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risidagi qonunning \u201cIste&#8217;molchilarning asosiy huquqlari\u201d aks etgan 4-moddasidagi iste&#8217;molchilarni to\u2018g\u2018ri va to\u2018liq ma&#8217;lumot olish, tovar (ish, xizmat)larni erkin tanlash, ularning xavfsiz bo\u2018lishi, hayoti, sog\u2018lig\u2018i va mol-mulki uchun xavf tug\u2018dirmasligi kabi prinsiplari ta&#8217;minlab berilmayotganligini ko\u2018rsatadi.<br \/>\nQonunning mazkur moddasi ikkinchi qismiga ko\u2018ra, iste&#8217;molchilarning ijtimoiy himoyaga muhtojlar toifasiga kiritilgan ayrim guruhlari uchun qonunchilik bilan savdo, maishiy xizmat va xizmat ko\u2018rsatishning boshqa turlari bo\u2018yicha imtiyozlar va afzalliklar belgilanishi mumkin.<br \/>\nYuqoridagi holatlardan kelib chiqilsa, davlatimiz tomonidan nogironligi bo\u2018lgan shaxslar (iste&#8217;molchilarning ayrim guruhlari) uchun qonunchilik bilan belgilangan imtiyozlar va afzalliklar ayrim xo\u2018jalik yurituvchi sub&#8217;ektlar tomonidan to\u2018laqonli shaklda ta&#8217;minlab berilmayapti.<br \/>\nShuningdek, yuqoridagi qonunbuzilishi holatlari Qonunning \u201cXalqaro shartnomalar va bitimlar\u201d deb nomlangan 3-moddasidagi:<br \/>\nAgar O\u2018zbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro shartnoma yoki bitimda iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risidagi O\u2018zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo\u2018lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo\u2018llaniladi, degan normasidan kelib chiqilsa, xalqaro huquq normalari bilan nogironlarga berilgan huquqlarning O\u2018zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalar va bitimlar vositasida o\u2018z zimmasiga olgan majburiyatlarini ham to\u2018laqonli bajarilmayotganligi bildiradi.<br \/>\nShuning bilan birgalikda, bu borada belgilangan tartib-qoidalarga amal qilmaslik &#171;Nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning huquqlari to\u2018g\u2018risida&#187;gi qonunning 4-moddasida ko\u2018rsatib o\u2018tilgan nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning huquqlarini ta&#8217;minlashning asosiy prinsiplari, jumladan nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning qadr-qimmatini, ularning mustaqilligini, tanlash erkinligini hurmat qilish; nogironlik belgisiga ko\u2018ra kamsitilishga yo\u2018l qo\u2018ymaslik; insonning huquq va erkinliklarini amalga oshirishdagi imkoniyatlar tengligi; ob&#8217;ektlar va xizmatlarning qulayligi; nogironligi bo\u2018lgan shaxslarni jamiyat va davlatning hayotiga jalb etish kabi prinsiplari buzilayotganligini ham bildiradi.<\/p>\n<p>Yuqorida keltirib o\u2018tilgan holatlarni jamlagan holda, jamoatchilik nazorati yakunlari bilan qayd etilgan qonunbuzilishi, amaldagi tartib-qoidalarga rioya qilmaslik holatlarini bartaraf qilish, nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning qonunchilik bilan belgilab berilgan huquqlarini to\u2018laqonli ro\u2018yobga chiqarilishiga erishish maqsadida quyidagi takliflar bildiriladi:<\/p>\n<p>1. Nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning davlat va nodavlat idoralari, savdo, umumiy ovqatlanish, davolanish, dam olish va ko\u2018ngilochar xizmatlar hamda boshqa xizmatlarni ko\u2018rsatuvchi ob&#8217;ektlarga erkin kirib-chiqish imkoniyatlari yaratib berilishi shart. Bunda kirib-chiqish imkoniyatini yaratib beruvchi panduslar barcha joylarda aniq hisob-kitoblar asosida tasdiqlangan standartda bo\u2018lishi (o\u2018lchamlari, qiyaligi va b.), shu kabi standartlarga amal qilingan maxsus panjara bilan jixozlangan bo\u2018lishi talab etiladi.<br \/>\n2. Agar ob&#8217;ekt ikki yoki undan ko\u2018p qavatli bo\u2018lsa, nogironligi bo\u2018lgan shaxslar uchun nafaqat ushbu ob&#8217;ektning birinchi qavatiga, balki uning yuqori qavatlariga ham erkin chiqa olish imkoniyatlari ko\u2018zda tutilishi lozim.<br \/>\n3. Aholiga turli xizmatlarni ko\u2018rsatuvchi xususiy tashkilotlarda, shuningdek davlat xizmatlarini ko\u2018rsatuvchi tashkilotlarda jamoatchilik foydalanishi uchun hojatxona bo\u2018lishi, hojatxona bitta kabinadan iborat bo\u2018lganda o\u2018sha kabinani o\u2018zida, agar bir necha kabinalardan iborat bo\u2018lganda ulardan bittasida nogironligi bo\u2018lgan shaxs uchun qo\u2018shimcha sharoit yaratib berilishi shart. Agar hojatxona pulli asosda xizmat ko\u2018rsatsa va unda nogironligi bo\u2018lgan shaxslar uchun imtiyoz (to\u2018lov qilmaslik) nazarda tutilgan bo\u2018lsa, bu haqda hojatxonaning kirish qismiga va hamma tanishishi uchun qulay joyga alohida ma&#8217;lumot (yozuv) qo\u2018yib qo\u2018yilishi lozim.<br \/>\n4. Agar ob&#8217;ekt hududida avtotransport vositalarini to\u2018xtab turish joyi mavjud bo\u2018lsa, bu joyda bepul yoki pulli xizmat ko\u2018rsatilishidan qat&#8217;i nazar, to\u2018xtab turish joyining kirish va chiqish qulay bo\u2018lgan qismida, nogironligi bo\u2018lgan shaxslar avtotransport vositalari uchun to\u2018xtab turish joyi umumiy maydonining kamida 5 foizi (kamida 2 ta joy) ajratilishi lozim.<br \/>\nBunda nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to\u2018xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmasligi haqida hammaning e&#8217;tiboriga, ularning tanishishi qulay shaklda ma&#8217;lumot yetkazilishi shart.<br \/>\nTo\u2018xtab turish joyi tegishli yo\u2018l belgilari: 5.15. To\u2018xtab turish joyi va 7.17. Nogironlar bilan hamda nogironligi bo\u2018lgan shaxslar avtotransport vositalari uchun alohida maxsus joy (joylar) 1.24. Nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun to\u2018xtab turish joyi yo\u2018l chiziqlari bilan jixozlanishi shart.<br \/>\nYuqoridagi takliflarni to\u2018laqonli amaliyotga tadbiq etilishi O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi, \u201cNogironligi bo\u2018lgan shaxslarning huquqlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunlari, nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning huquqlarini ta&#8217;minlab berilishini ko\u2018zda tutuvchi Hukumatimizning bir qator qarorlari, xususan &#171;Nogironligi bo\u2018lgan shaxslar avtotransport vositalarining to\u2018xtab turish joylariga qo\u2018yiladigan talablar to\u2018g\u2018risidagi Nizom&#187; talablari ijrosini ta&#8217;minlashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p><strong>O\u2018zNNTMA Farg\u2018ona viloyat bo\u2018linmasi,<\/strong><br \/>\n<strong>O\u2018IHHQJF Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasi<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cJamoatchilik nazorati to\u2018g\u2018risida\u201dgi, \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi \u201cIste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi 414-sonli qarori bilan belgilab berilgan huquqlardan, shuningdek bu borada nogironligi bo\u2018lgan shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlardan kelib chiqqan holda, &#171;Nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning huquqlari to\u2018g\u2018risida&#187;gi qonun 4-moddasidagi nogironligi bo\u2018lgan shaxslar (iste&#8217;molchilar) [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7464,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-7463","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":94,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7463"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7463"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7463\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7467,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7463\/revisions\/7467"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7464"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7463"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7463"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7463"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}