{"id":7601,"date":"2024-02-13T12:20:42","date_gmt":"2024-02-13T09:20:42","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=7601"},"modified":"2024-02-13T12:20:42","modified_gmt":"2024-02-13T09:20:42","slug":"%d0%be%d0%bc%d0%bc%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%b9-%d1%88%d0%b0%d1%80%d1%82%d0%bd%d0%be%d0%bc%d0%b0-%d1%88%d0%b0%d1%80%d1%82%d0%bb%d0%b0%d1%80%d0%b8%d0%b4%d0%b0%d0%bd-%d0%b1%d0%b5%d1%85%d0%b0%d0%b1%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/7601","title":{"rendered":"Ommaviy shartnoma shartlaridan bexabarlik aholi vakillarida turli tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda"},"content":{"rendered":"<div class=\"x11i5rnm xat24cr x1mh8g0r x1vvkbs xtlvy1s x126k92a\"><\/div>\n<h5>&#8212; Men ushbu korxona bilan shartnoma tuzmaganman, ommaviy shartnoma tuzilganidan xabarim yo\u2018q, korxona tomonidan xizmat ko\u2018rsatmagan oylari uchun asossiz qarzdorlik hisoblagan, &#8212; deydi Uchko\u2018prik tumani &#171;Yangiobod&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018ini hududida yashovchi fuqaro koll-markaz xodimi bilan suhbat jarayonida.<\/h5>\n<p>Iste&#8217;molchi va koll-markaz xodimi o\u2018rtasidagi suhbat O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefonida qayd qilingan bo\u2018lib, uning natijalari bo\u2018yicha murojaat tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hamda hududiy tegishliligi bo\u2018yicha Uchko\u2018prik tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o\u2018rganilgan. O\u2018rganish natijalari, iste&#8217;molchidan to\u2018lanishi da&#8217;vo qilingan 105 000 so\u2018m summaning 75 000 so\u2018mi haqiqatdagi qarzdorlik ekanligini, 30 000 so\u2018mi esa iste&#8217;molchi tomonidan to\u2018langan summaning abonent shaxsiy hisob raqamiga o\u2018z vaqtida kelib tushmaganligi oqibatida kelib chiqqanligini ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda, aholiga mazkur xizmat turini ko\u2018rsatayotgan korxona hamda shartnomaning ikkinchi tomoni sifatida, fuqarolar nomidan uni akseptlayotgan mahalla fuqarolar yig\u2018ini amaldagi tartib-qoidalar bo\u2018yicha qanday ishlarni amalga oshirishi kerak, shunga to\u2018xtalib o\u2018tsak.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.05.2018 yildagi &#171;Maishiy chiqindilar bilan bog\u2018liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida&#187; PQ-3730-son qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni to\u2018plash va olib chiqish xizmatlari ommaviy shartnomalar asosida ko\u2018rsatiladi.<\/p>\n<p>Vazirlar Mahkamasining 06.02.2019 yildagi 95-sonli qarori bilan tasdqilangan &#171;Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to\u2018plash va olib chiqib ketish bo\u2018yicha xizmatlar ko\u2018rsatish qoidalari&#187;ga ko\u2018ra esa, korxonaning bir qator majburiyatlari, jumladan, o\u2018ziga biriktirilgan hudud bo\u2018yicha ommaviy shartnomani ommaviy axborot vositalari orqali e&#8217;lon qilishi, hududda fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari bilan belgilangan tartibda kelishilgan jadvalga muvofiq, qattiq maishiy chiqindilarning muntazam olib chiqib ketilishini amalga oshirishi, zarur sifatdagi xizmatlar ko\u2018rsatishi, xizmatlar ko\u2018rsatishning amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va xizmatlar ko\u2018rsatish tartibining, shuningdek, tariflarining o\u2018zgarganligi to\u2018g\u2018risida bepul ma&#8217;lum qilishi, tashkilotning stendida, e&#8217;lonlar taxtasida ko\u2018rsatilayotgan xizmatlar, ularning amaldagi tariflari, to\u2018lov shartlari to\u2018g\u2018risidagi ma&#8217;lumotlarni, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali, maishiy chiqindilarni to\u2018plash va olib chiqib ketish bo\u2018yicha jismoniy shaxslarga xizmatlar ko\u2018rsatish uchun ommaviy shartnomani joylashtirishi va boshqa bir qator majburiyatlari belgilangan.<\/p>\n<p>Shuning bilan birgalikda, mahalla fuqarolar yig\u2018inlari o\u2018z navbatida ommaviy shartnoma nusxasini hamda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvalini mahalla idorasining aholi tanishi uchun qulay joyiga joylashtirishi ham bu boradagi turli tushunmovchiliklarni oldini olgan bo\u2018lar edi.<\/p>\n<p><strong>Sardor Mirzajonov,<\/strong><br \/>\ntuman jamiyati raisi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8212; Men ushbu korxona bilan shartnoma tuzmaganman, ommaviy shartnoma tuzilganidan xabarim yo\u2018q, korxona tomonidan xizmat ko\u2018rsatmagan oylari uchun asossiz qarzdorlik hisoblagan, &#8212; deydi Uchko\u2018prik tumani &#171;Yangiobod&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018ini hududida yashovchi fuqaro koll-markaz xodimi bilan suhbat jarayonida. Iste&#8217;molchi va koll-markaz xodimi o\u2018rtasidagi suhbat O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefonida [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7602,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-7601","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":284,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7601"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7601"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7601\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7603,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7601\/revisions\/7603"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7602"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7601"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7601"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7601"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}