{"id":7623,"date":"2024-02-17T10:49:49","date_gmt":"2024-02-17T07:49:49","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=7623"},"modified":"2024-02-17T10:49:49","modified_gmt":"2024-02-17T07:49:49","slug":"%d2%b3%d0%b8%d1%81%d0%be%d0%b1%d0%bb%d0%b0%d0%b3%d0%b8%d1%87-%d1%80%d1%9e%d0%b9%d1%85%d0%b0%d1%82%d0%b4%d0%b0%d0%bd-%d1%9e%d1%82%d0%ba%d0%b0%d0%b7%d0%b8%d0%bb%d0%b8%d0%b1-%d0%b0%d1%81%d0%be%d1%81","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/7623","title":{"rendered":"Hisoblagich ro\u2018yxatdan o\u2018tkazilib, asossiz qarzdorlik bartaraf qilindi"},"content":{"rendered":"<h5>Toshloq tuman &#171;Hamrak&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018ini hududida yashovchi R. Y.ning ichimlik suvi ta&#8217;minoti korxonasi xizmatlaridan norozi bo\u2018lib qilgan yozma murojaati tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o\u2018rganildi.<\/h5>\n<p>Murojaatda ichimlik suvi ta&#8217;minoti korxonasi xodimi tomonidan murojaat egasi hamda uning qo\u2018shnisi X. Y. lardan suv hisoblagich o\u2018rnatib berish va hujjatlashtirish uchun 600 ming so\u2018mdan pul mablag\u2018larini olganligi, shuningdek ular hisoblagich o\u2018rnatilgan kunga qadar bo\u2018lgan 200 ming so\u2018mdan qarzdorlikni ham to\u2018laganliklari, lekin ishlar shu kunga qadar to\u2018liq nihoyasiga yetkazilmaganligi, sababi korxona ularga ichimlik suvi to\u2018lovlari bo\u2018yicha qarzdorliklari mavjudligini ma&#8217;lum qilib, to\u2018lab qo\u2018yilishi so\u2018ralayotganligi keltirib o\u2018tiladi.<\/p>\n<p>Murojaatni o\u2018rganish jarayonida tuman jamiyati tomonidan &#171;Farg\u2018ona suv ta&#8217;minoti&#187; AJ tuman filialiga mazkur masalada so\u2018rov xati kiritildi. Filial javob xatida fuqaro R.Y. suv hisoblagichni ro\u2018yxatdan o\u2018tkazish uchun Davlat xizmatlari markaziga belgilangan tartibda ariza bermaganligi sababli noreal qarzdorlik yuzaga kelganligi, qarzdorlik xonadondagi iste&#8217;mol ko\u2018rsatkichlari Vazirlar Mahkamasining 15.07.2014 yildagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan Qoidalarning (2-ilova) 87-a-bandi bo\u2018yicha normativ (odam soniga) hisob-kitob qilib kelinganligi oqibatida yuzaga kelganligini bayon qilib, o\u2018rganish davomida fuqaroning hisoblagichi ro\u2018yxatdan o\u2018tkazib berilganligini va noreal qarzdorlik bartaraf qilinganligini ma&#8217;lum qildi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda ma&#8217;lumot uchun <strong>&#171;Iste&#8217;molchilarga suv ta&#8217;minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari ko\u2018rsatish qoidalari&#187;<\/strong>ning 87-bandi a-kichik band qismini keltirib o\u2018tamiz:<\/p>\n<p><em>87. Suvni hisobga olish asbobi bilan ta&#8217;minlanmagan iste&#8217;molchilar tomonidan sarflangan ichimlik suv miqdori sutkasiga quyidagicha hisoblanadi:<\/em><br \/>\n<em>a) I guruh iste&#8217;molchilari uchun:<\/em><br \/>\n<em>ko\u2018chadagi umumiy foydalanadigan ichimlik suvi kolonkasidan tashib ichuvchilar uchun kishi boshiga \u2014 50 litr;<\/em><br \/>\n<em>markazlashgan ichimlik suv tarmog\u2018iga ulangan, suv berish jadvali asosida suv beriladigan xonadonlar uchun kishi boshiga \u2014 200 litr;<\/em><br \/>\n<em>markazlashgan ichimlik suv tarmog\u2018iga ulangan xonadonlar uchun kishi boshiga \u2014 350 litr;<\/em><br \/>\n<em>suv sepish va sug\u2018orish maydonining har 1 metr kvadrati uchun 15 litr (suv sepish va sug\u2018orish davri 1 apreldan 1 oktyabrgacha bo\u2018lgan davrni o\u2018z ichiga oladi);<\/em><br \/>\n<em>hovuz (basseyn), mikroiqlim yoki favvora mavjud bo\u2018lgan hollarda ichimlik suv iste&#8217;moli hajmi asosiy ichimlik suv tarmog\u2018i ulanmasining suv o\u2018tkazish quvvatidan kelib chiqib, ushbu Qoidalar 87-bandining \u00abb\u00bb kichik bandi bo\u2018yicha amalga oshiriladi.<\/em><\/p>\n<p><strong>Shohistaxon Rahimova,<\/strong><br \/>\ntuman jamiyati mutaxassisi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Toshloq tuman &#171;Hamrak&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018ini hududida yashovchi R. Y.ning ichimlik suvi ta&#8217;minoti korxonasi xizmatlaridan norozi bo\u2018lib qilgan yozma murojaati tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o\u2018rganildi. Murojaatda ichimlik suvi ta&#8217;minoti korxonasi xodimi tomonidan murojaat egasi hamda uning qo\u2018shnisi X. Y. lardan suv hisoblagich o\u2018rnatib berish va hujjatlashtirish uchun 600 ming so\u2018mdan pul [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7624,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-7623","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":103,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7623"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7623"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7623\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7625,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7623\/revisions\/7625"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7624"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7623"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7623"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7623"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}