{"id":7891,"date":"2024-04-25T10:12:19","date_gmt":"2024-04-25T07:12:19","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=7891"},"modified":"2024-04-25T15:53:52","modified_gmt":"2024-04-25T12:53:52","slug":"%d2%b3%d1%83%d0%b4%d1%83%d0%b4%d0%b8%d0%b9-%d0%b1%d0%b8%d1%80%d0%bb%d0%b0%d1%88%d0%bc%d0%b0-%d1%82%d0%be%d0%bc%d0%be%d0%bd%d0%b8%d0%b4%d0%b0%d0%bd-%d0%bc%d0%b5%d0%b4%d0%b8%d0%b0-%d1%82%d0%b0%d0%b4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/7891","title":{"rendered":"Hududiy birlashma tomonidan media tadbirlar rejasi asosida brifing tashkillandi"},"content":{"rendered":"<h5>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasi media tadbirlar rejasi asosida davlat tashkilotlari, NNTlar vakillari, Federatsiya tizimida mehnat faoliyati olib boryotgan xodimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida &#171;Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risidagi qonunchilikni hayotga keng joriy qilishda aholi vakillari qanday muammolar bilan duch kelmoqda?&#187; mavzusida brifing o\u2018tkazdi.<\/h5>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-7893\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/2-300x169.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"169\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/2-300x169.jpg 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/2.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-7894\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/3-300x169.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"169\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/3-300x169.jpg 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/3.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-7895\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/4-300x169.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"169\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/4-300x169.jpg 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/4.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-7896\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/6-300x169.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"169\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/6-300x169.jpg 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/6.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n<p>Brifingda ta&#8217;kidlandiki, hududiy birlashma tizimidagi tashkilotlar tomonidan iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste&#8217;mol madaniyatini oshirish yo\u2018nalishida bir qator ishlar amalga oshirilgan.<\/p>\n<p>Jumladan, qonun ijrosini ta&#8217;minlash va bu borada samarali jamoatchilik nazorati olib borish maqsadida sohaga daxldor bo\u2018lgan davlat boshqaruvi va hokimiyati idoralari, xususan viloyat prokuraturasi, Raqobat boshqarmasi, Sog\u2018liqni saqlash boshqarmasi, Sanepidqo\u2018mitaning viloyat boshqarmasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligining viloyatdagi boshqarmasi, Yo\u2018l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha viloyat sudi va boshqa idoralar bilan yaqindan hamkorlik olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Ta&#8217;lim muassasalari bilan yaqindan ish olib borish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta&#8217;limi boshqarmasi bilan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalari o\u2018rnatilgan. Shuningdek, Federatsiyaning Oliy ta&#8217;lim vazirligi bilan hamkorlik bo\u2018yicha imzolagan memorandumi asosida Farg\u2018ona politexnika instituti, TATU Farg\u2018ona filiali, Latviyaning Ahborot tizimlari menejmenti oliy maktabi Farg\u2018ona filiali bilan memorandumlar imzolandi.<\/p>\n<p>Olib borilayotgan ishlarning natijalarini esa fuqarolarning Federatsiya va uning hududiy organlariga qilayotgan murojatlaridagi son va sifat o\u2018zgarishlaridan sezish mumkin. Xususan, birgina joriy yilning o\u2018tgan 3 oyi davomida tizim tashkilotlariga iste&#8217;molchilardan 267 ta murojaatlar kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 226 tasi yoki 85 %i to\u2018liq va o\u2018z muddatlarida o\u2018rganib chiqilib, ijobiy hal qilingan. O\u2018rganishlarning qonuniy muddatlari nihoyasiga yetmagan yoki qo\u2018shimcha o\u2018rganishlarni talab qiluvchi 41 ta murojaatlar bo\u2018yicha o\u2018rganish ishlari olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Tizim tashkilotlariga kelib tushgan murojaatlarni o\u2018rganib chiqilishi natijalariga ko\u2018ra jami 172 million 819 ming 385 so\u2018m mablag\u2018larni iste&#8217;molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishiga erishilgan. Shularning 34 million 917 ming 497 so\u2018mi Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoni orqali qayd qilingan murojaatlarni, 2 million 800 ming so\u2018mi Hukumat idoralaridan kelgan murojaatlarni o\u2018rganib chiqilishi natijalariga ko\u2018ra hal qilingan bo\u2018lsa, 135 million 101 ming 888 so\u2018m mablag\u2018lar tizim tashkilotlariga to\u2018g\u2018ridan yozma va og\u2018zaki ravishda kelib tushgan murojaatlarni o\u2018rganish natijalari bo\u2018yicha qayta hisob-kitob qilingan. Iste&#8217;molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan mablag\u2018larning 170 million 019 ming 385 so\u2018mi tizim tashkilotlarining o\u2018z kuchlari bilan hal qilinishiga erishilgan.<\/p>\n<p>Hisobot davrida kelib tushgan murojaatlarda eng ko\u2018p tilga olingan soha savdo sohasi bo\u2018lib, ushbu soha bo\u2018yicha murojaatlar jami murojaatlarning 32,6 % ida kuzatilgan. Shuningdek, keyingi o\u2018rinlarni gaz ta&#8217;minoti va kommunal xo\u2018jalik (har biri 13,1 % dan), elektr energiyasi ta&#8217;minoti (10,9 %), xizmat ko\u2018rsatish (servis) sohasi (8,2 %), suv ta&#8217;minoti (7,1 %) hamda boshqa sohalar band qilgan.<\/p>\n<p>Savdo sohasi bo\u2018yicha murojaatlarning tarkibi ko\u2018rilganda ularda ko\u2018proq xarid qilingan maishiy texnikaning sifati, ulardagi nuqsonlar hamda ularni almashtirish yuzasidan qilingan murojaatlar ko\u2018proqni tashkil qildi. Ularning savdo sohasi yuzasidan kelib tushgan jami murojaatlar ichidagi salmog\u2018i 48 % dan ortiqroqni tashkil qilgan.<\/p>\n<p>Yuqoridagilarni umumlashtirganda viloyat aholisi (iste&#8217;molchilar) joylarda savdo, umumiy ovqatlanish, kommunal, tibbiy, maishiy va boshqa xizmatlarni ko\u2018rsatish ob&#8217;ektlarida amaldagi qonunchilik talablarining to\u2018laqonli ijrosi ta&#8217;minlanmayotganligi, xususan iste&#8217;molchilarning ma&#8217;lumot olish huquqi to\u2018laqonli ravishda ta&#8217;minlab berilmasligi oqibatida tovarlar sotib olingach, ish va xizmatlarga berilgan buyurtmalar bajarilgach oldindan to\u2018laqonli ma&#8217;lumot berilmagani oqibatidan turli kelishmovchiliklarga duch kelayotganliklari, shuning bilan birgalikda, qonunning sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) oldi-sotdi jarayonida tovarni ishlatib ko\u2018rsatishi, undan xavfsiz va to\u2018g\u2018ri foydalanishni o\u2018rgatishi lozimligi to\u2018g\u2018risidagi normalariga to\u2018liq amal qilmaslik natijasida ham keyinchalik tushunmovchiliklar kelib chiqayotganligi aytib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Qonunda oldi-sotdi shartnomalarining ayrim turlari to\u2018g\u2018risidagi qoidalar, shuningdek, ayrim turdagi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilish qoidalari O\u2018zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo\u2018yilgan bo\u2018lib, aytaylik oldi-sotdi jarayonida sotuvchi tomonidan ushbu norma asosida qabul qilingan qoidalar bo\u2018yicha iste&#8217;molchilarga tushuntirishlar berilmasligi aholi tomonidan xarid qilinayotgan, qaytarib olinmaydigan yoki shunga o\u2018xshash tovarga almashtirilmaydigan toifadagi tovarlarni xarid qilib bo\u2018lgandan keyin almashtirishga yoki pulini qaytarib olishga intilib, bu borada turli idoralarga murojaat qilib borishlariga sabab bo\u2018layotganligi ta&#8217;kidlab o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Sotuvchilarda uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlar va xizmatlarga ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati belgilashi lozimligi, agar bunday tovarlarga kafolat muddati belgilanmagan bo\u2018lsa iste&#8217;molchi 6 oy davomida kafolat muddati belgilangan tovar kabi o\u2018zining qonuniy huquqlarini ro\u2018yobga chiqara olishi mumkinligi haqida bilimlarni yetishmasligi ham keyinchalik iste&#8217;molchi va sotuvchi o\u2018rtasida turli kelishmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda.<br \/>\nAholi vakillari (iste&#8217;molchilar) ko\u2018proq holatlarda o\u2018zlariga sotilgan tovarda nuqson aniqlanganda ularni sotuvchi (yoki ishlab chiqaruvchi yoxud uning vakili)dan almashtirib olish, bepul ta&#8217;mirlatish jarayonlarida turli muammolarga duch kelmoqdalar. Bunga asosiy sabab qilib esa aholimiz vakillarining sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi)ga o\u2018z qonuniy e&#8217;tiroz va talablarini og\u2018zaki shaklda bildirishi, ko\u2018plab davlatlarda urf bo\u2018lgan kabi ushbu e&#8217;tiroznomalarni yozma ravishda berish malakasi shakllanmaganini ko\u2018rsatib o\u2018tish mumkinligi aytildi.<\/p>\n<p><iframe loading=\"lazy\" title=\"Qonunchilikni hayotga keng joriy qilishda aholi qanday muammolar bilan duch kelmoqda? || Brifing\" width=\"640\" height=\"360\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/YRcAS2oOhFM?feature=oembed\" frameborder=\"0\" allow=\"accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share\" referrerpolicy=\"strict-origin-when-cross-origin\" allowfullscreen><\/iframe><\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi va uning hududiy ijro etuvchi tashkilotlari barchaning iste&#8217;molchi ekanligidan kelib chiqqan holda, barcha davlat va nodavlat tashkilotlarini hamda jamoatchilik vakillarini iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimlari va iste&#8217;mol madaniyatini oshirish ishida hamkorlikka chaqirib qolindi.<\/p>\n<p><strong>G\u2018anijonova Dilrabo,<\/strong><br \/>\nFarDU talabasi, amaliyotchi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasi media tadbirlar rejasi asosida davlat tashkilotlari, NNTlar vakillari, Federatsiya tizimida mehnat faoliyati olib boryotgan xodimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida &#171;Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risidagi qonunchilikni hayotga keng joriy qilishda aholi vakillari qanday muammolar bilan duch kelmoqda?&#187; mavzusida brifing o\u2018tkazdi. Brifingda ta&#8217;kidlandiki, hududiy [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7892,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-7891","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":108,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7891"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7891"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7891\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7899,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7891\/revisions\/7899"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7892"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7891"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7891"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7891"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}