{"id":8579,"date":"2024-09-08T14:09:51","date_gmt":"2024-09-08T09:09:51","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=8579"},"modified":"2025-03-04T08:52:25","modified_gmt":"2025-03-04T03:52:25","slug":"men-moliyaviy-savodxonman-korik-tanlovi-nizomi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/8579","title":{"rendered":"&#171;Men moliyaviy savodxonman&#187; ko\u2018rik-tanlovi e&#8217;loni va nizomi"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center;\"><strong>Diqqat!!! Ko\u2018rik-tanlov!!!<\/strong><\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasi \u201cKelajagimiz bo\u2018lgan yoshlar moliyaviy savodxon bo\u2018lmog\u2018i zarur\u201d nomli grant loyihasi doirasida yoshlar o\u2018rtasida &#171;Men moliyaviy savodxonman&#187; nomi ostida qisqa videoroliklar (1 minutgacha shorts, riilz) yaratish bo\u2018yicha ko\u2018rik-tanlov e&#8217;lon qiladi.<\/strong><\/p>\n<p>Tanlovga viloyat hududidagi o\u2018rta, o\u2018rta-maxsus, oliy ta&#8217;lim dargohlarida ta&#8217;lim olayotgan, shuningdek xalq xo\u2018jaligining turli sohalarida mehnat faoliyati olib borayotgan (shu jumladan vaqtincha ishsiz) yoshlar yakka tartibda yoki jamoaviy tartibda ishtirok etishlari mumkin.<\/p>\n<p>Tanlovga videomaterial fayl shaklida, shuningdek ijtimoiy tarmoqlarga (yoki ulardan biriga) joylanganligini tasdiqlovchi havolasi (ssilkasi)ni ilova qilgan holda yuboriladi.<\/p>\n<p>Tanlovga kelib tushgan materiallar tanlov hay&#8217;ati tomonidan baholanadi va g\u2018oliblar aniqlanadi.<\/p>\n<p>Materiallarni <strong>2024 yilning 1 oktyabridan 30 noyabriga qadar<\/strong> telegram messenjeridagi <strong>+998773702445<\/strong> nomeriga ochilgan <strong>&#171;Moliyaviy savodxonlik ko\u2018rik-tanlovi&#187; profili<\/strong> yoki <strong>@moliyaviysavodxonlikkuriktanlovi<\/strong> orqali qabul qilib olinadi.<\/p>\n<p>Tanlov g\u2018oliblari: <strong>1-o\u2018rin 7 million so\u2018m<\/strong>, <strong>2-o\u2018rin 5 million so\u2018m<\/strong>, <strong>3-o\u2018rin 3 million so\u2018m<\/strong> pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Bularga qo\u2018shimcha 1 ta rag\u2018batlantiruvchi mukofot ham bor.<\/p>\n<p>Tanlov Nizomi bilan <strong>istemolchi-info.uz<\/strong> sayti bosh sahifasida (<strong>&#171;Tadbirlar&#187;<\/strong> ruknida) tanishishingiz mumkin.<\/p>\n<p>Tanlov hamkori: <strong>Markaziy bank Farg\u2018ona viloyat bosh boshqarmasi<\/strong><\/p>\n<p>*<em>Loyiha O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo\u2018llab-quvvatlash Jamoat fondi granti asosida amalga oshirilmoqda.<\/em><\/p>\n<h4 style=\"text-align: center;\">O\u2018zbekiston iste\u2019molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasining \u201cKelajagimiz bo\u2018lgan yoshlar moliyaviy savodxon bo\u2018lmog\u2018i zarur\u201d nomli grant loyihasi doirasida yoshlar o\u2018rtasida<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: center;\">&#171;MEN MOLIYAVIY SAVODXONMAN&#187;<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: center;\">shiori ostida o\u2018tkaziladigan qisqa videoroliklar (1 minutgacha bo\u2018lgan shorts, riilzlar) bir bosqichli ko\u2018rik-tanlovi to\u2018g\u2018risidagi<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: center;\">NIZOM<\/h4>\n<ol>\n<li><strong>Umumiy qoidalar<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n<p>1.1. Mazkur Nizom viloyat hududidagi o\u2018rta, o\u2018rta-maxsus, oliy ta\u2019lim dargohlarida ta\u2019lim olayotgan, shuningdek xalq xo\u2018jaligining turli sohalarida mehnat faoliyati olib borayotgan (shu jumladan vaqtincha ishsiz) yoshlar o\u2018rtasida \u201cMen moliyaviy savodxonman\u201d shiori ostida o\u2018tkaziladigan qisqa videoroliklar (1 minutgacha bo\u2018lgan shorts, riilzlar) bir bosqichli ko\u2018rik-tanlovni o\u2018tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.<\/p>\n<p>1.2. Yoshlar deganda, O\u2018zbekiston Respublikasining &#171;Yoshlarga oid davlat siyosati to\u2018g\u2018risida&#187;gi qonuni 3-moddasiga ko\u2018ra, o\u2018n to\u2018rt yoshga to\u2018lgan va o\u2018ttiz yoshdan oshmagan shaxslar tushuniladi.<\/p>\n<p>1.3. O\u2018zbekiston iste\u2019molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasi mazkur ko\u2018rik-tanlovning tashkilotchisi, O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy banki Farg\u2018ona viloyat bosh boshqarmasi tanlovni o\u2018tkazish bo\u2018yicha bosh hamkor hisoblanadi.<\/p>\n<p>Viloyatdagi boshqa boshqarma va idoralar, korxona, tashkilotlar mazkur ko\u2018rik tanlovga o\u2018zlarining uslubiy va homiylik yordamlarini ko\u2018rsatishlari mumkin.<\/p>\n<ol start=\"2\">\n<li><strong> Ko\u2018rik-tanlovning maqsadi<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n<p>2.1. Yoshlar (iste\u2019molchilar) o\u2018rtasida iste\u2019molchilik ijtimoiy harakatini keng yoyish va amaldagi qonunchilik targ\u2018ibotini olib borish, ularning moliyaviy xizmatlar sohasidagi huquqiy bilim saviyasi va iste\u2019mol madaniyatini oshirish, yoshlarni moliyaviy xizmatlar sohasiga taalluqli kiberjinoyatlarga qarshi kurashish ishida faol ishtirok etishga rag\u2018batlantirish, ularning moliyaviy xizmatlar sohasidagi amaldagi qonunchilik talablari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratida keng ishtirokini ta\u2019minlash ushbu ko\u2018rik-tanlovning asosiy maqsadidir.<\/p>\n<ol start=\"3\">\n<li><strong>Ko\u2018rik-tanlovni o\u2018tkazish tartibi<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n<p>3.1. Ko\u2018rik-tanlov viloyat hududidagi o\u2018rta, o\u2018rta-maxsus, oliy ta\u2019lim dargohlarida ta\u2019lim olayotgan, shuningdek xalq xo\u2018jaligining turli sohalarida mehnat faoliyati olib borayotgan (shu jumladan vaqtincha ishsiz) yoshlar o\u2018rtasida o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p>3.2. Ko\u2018rik-tanlovga, u e\u2019lon qilinganidan to tanlovga materiallar qabul qilinishi to\u2018xtatiladigan kunga qadar, kamida 5 nafar ishtirokchi (ishtirokchilar jamoasi)dan kamida 10 ta material (videorolik) kelib tushishi tanlov o\u2018tkazilgan deb e\u2019tirof etilishiga asos bo\u2018la oladi.<\/p>\n<p>3.3. Ko\u2018rik-tanlov bir bosqichda o\u2018tkaziladi va bunda quyidagi ketma-ketlikda ishlar tashkillanadi:<\/p>\n<p>3.3.1) tanlov o\u2018tkazilishi haqida e\u2019lon beriladi.<\/p>\n<p>3.3.2) tanlovga ishtirokchilardan materiallar 2024 yilning 1 oktyabridan 30 noyabriga qadar telegram messenjeridagi alohida ochilgan profil bo\u2018yicha qabul qilib boriladi.<\/p>\n<p>3.3.3) 2024 yilning dekabr oyi birinchi o\u2018n kunligida tanlov Hakamlar hay\u2019ati tomonidan kelib tushgan materiallarni baholash va g\u2018oliblarni aniqlash ishlari o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p>3.3.4) tashkilotchi tomonidan belgilangan joyda va muddatda ko\u2018rik-tanlov g\u2018oliblarini taqdirlash marosimi o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<ol start=\"4\">\n<li><strong> Ko\u2018rik-tanlovda ishtirok etish tartibi<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n<p>4.1. Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo\u2018lgan shaxslar yakka tartibda yoki jamoaviy tartibda ishtirok etishlari mumkin.<\/p>\n<p>4.2. Ishtirokchi videorolikda suratga tushgan shaxslar sonidan qat\u2019i nazar materialni yakka tartibda ishtirokchi nomidan ro\u2018yxatni olishni so\u2018rab yuborgan taqdirda, tanlovga yakka tartibda ishtirok etuvchi sifatida ro\u2018yxatga olinadi. Bunda ishtirokchi familiya, ismi, otasining ismi, uning yoshi, ta\u2019lim olayotgan o\u2018quv yurti yoki ish joyi (vaqtincha ishsizlar uchun yashash manzili) bo\u2018yicha ro\u2018yxatga olinadi.<\/p>\n<p>Tanlovda jamoaviy tartibda ishtirok etilganda ishtirokchi jamoa nomi (o\u2018quv yurti, ish joyi, yashaydigan mahallasi nomi va h.k.), ishtirokchi jamoa rahbari (sardori) familiya, ismi, otasining ismi, uning yoshi, tashkilot (ta\u2019lim maskani, ish joyi) bo\u2018yicha ro\u2018yxatga olinadi.<\/p>\n<p>4.3. Tanlovga bir shaxsdan (bir jamoadan) jami bo\u2018lib 3 tagacha material qabul qilinadi.<\/p>\n<p>4.4. Material (videorolik) tanlovga yuborilishidan oldin ishtirokchining (jamoaning) ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Instagram, Youtube, Telegram)dagi obunachilariga ega bo\u2018lgan shaxsiy profil (sahifa, kanal)lardan kamida bittasiga yoki obunachilarga ega boshqa shaxsning yoki tashkilotning profil (sahifa, kanal)dan kamida bittasiga joylashtirilishi va shundan so\u2018ng tanlov tashkilotchisining telegramdagi profiliga videoning alohida fayliga qo\u2018shib o\u2018sha material (post)ga havola (ssilka)lari ham yuborilishi kerak.<\/p>\n<p>4.5. Material (havolalar bilan) tanlov tashkilotchisining telegramdagi profiliga yuborilgach, tashkilotchi tomonidan \u201cMaterial tanlovga qabul qilindi\u201d xabari yozilishi ishtirokchi materialini tanlovga qabul qilinganligini bildiradi. Agar ushbu xabar o\u2018rniga savol (yoki savollar) yozilsa, ishtirokchi \u201cMaterial tanlovga qabul qilindi\u201d xabarini olguniga qadar ularga javob berishi talab qilinadi.<\/p>\n<ol start=\"5\">\n<li><strong> Ko\u2018rik-tanlovga ishtirokchi tomonidan yuboriladigan materialga qo\u2018yiladigan talablar<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n<p>5.1. Tanlovga yuboriladigan videorolik davomiyligi 1 minutdan ortiq bo\u2018lmasligi, davlat tilida va imkon qadar sifatli suratga olingan (montaj qilingan) bo\u2018lishi, insonlarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, e\u2019tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeini kamsituvchi ruhda bo\u2018lmasligi, undagi kadrlarda matn ishlatilsa imlo xatolarsiz bo\u2018lishi, video davomida ishlatiladigan moliyaviy xizmatlar sohasiga oid terminlar o\u2018z o\u2018rnida va to\u2018g\u2018ri qo\u2018llanilishi talab qilinadi.<\/p>\n<p>5.2. Videoroliklar moliyaviy xizmatlarning kreditlar, omonatlar, valyuta ayirboshlash, pul o\u2018tkazmalari, plastik kartochkalardan foydalanish, sug\u2018urta, lizing, brokerlik, lombardlar faoliyatiga oid mavzulardan birida, aholining shu yo\u2018nalishdagi huquqiy bilimini oshirish, bu borada savodxon bo\u2018lishga chorlash, ushbu yo\u2018nalishlardagi turli firibgarliklardan, kiberjinoyatlardan ogohlantirishni ko\u2018zda tutuvchi mazmunda bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n<p>5.3. Material\/materiallar (videorolik\/videoroliklar) tanlovga yuborilishidan kamida besh soat oldin ishtirokchining (jamoaning) ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Instagram, Youtube, Telegram)dagi obunachilariga ega bo\u2018lgan shaxsiy profil (sahifa, kanal)lardan kamida bittasiga yoki obunachilarga ega boshqa shaxsning yoki tashkilotning profil (sahifa, kanal)dan kamida bittasiga joylashtirilgan bo\u2018lishi lozim.<\/p>\n<ol start=\"6\">\n<li><strong>Ko\u2018rik-tanlov tashkilotchilari va ularning majburiyatlari<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n<p>6.1. Ko\u2018rik-tanlov tashkilotchilari tanlovga tegishli masalalarini tashkil etish, o\u2018tkazish va g\u2018oliblarni taqdirlash ishlarini tashkillaydi.<\/p>\n<p>Tashkilotchilar tomonidan ushbu jarayonga mahalliy hokimliklar, tashkilot va xo\u2018jalik yurituvchi sub\u2019yektlarining ixtiyoriy beg\u2018araz homiylik yordamlarini ham jalb qilinishi mumkin.<\/p>\n<p>6.2. Ko\u2018rik-tanlov Hakamlar hay\u2019ati tarkibini tasdiqlaydi, ularning tanlovda ishtiroki bilan bog\u2018liq tashkiliy masalalarni hal qiladi.<\/p>\n<p>6.3. Tanlovda g\u2018oliblik (1-3 o\u2018rinlar)ni qo\u2018lga kiritgan ishtirokchilarni pul mukofotlari bilan taqdirlash, shuningdek yuqoridagilarga qo\u2018shimcha bir nafar ishtirokchini rag\u2018batlantiruvchi nominatsiya yo\u2018nalishida rag\u2018batlantirish chora-tadbirlarini ko\u2018radi. G\u02bboliblarga mukofotlarga qo\u2018shimcha ravishda hududiy birlashma \u201cFaxriy yorliq\u201dlari berilishi mumkin.<\/p>\n<p>6.4. Ko\u2018rik-tanlov bosh hamkori &#8212; O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy banki Farg\u2018ona viloyat bosh boshqarmasi o\u2018z tomonidan tanlov g\u2018oliblarini qo\u2018shimcha tarzda rag\u2018batlantirish bo\u2018yicha takliflarini kiritishi mumkin.<\/p>\n<ol start=\"7\">\n<li><strong>Ko\u2018rik-tanlov ishtirokchisi va uning majburiyatlari<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n<p>7.1. Ko\u2018rik-tanlovda ishtirok etish istagida telegram messenjeri orqali tanlov tashkilotchisi tomonidan tashkillangan profilga o\u2018z materialini yuborilishi uning tomonidan mazkur Nizom talablarini to\u2018liq tan olinishini bildiradi.<\/p>\n<p>7.2. Ko\u2018rik-tanlov ishtirokchisi:<\/p>\n<p>&#8212; tanlovning mazkur Nizomi talablariga;<\/p>\n<p>&#8212; jamiyatda shakllangan axloq-odob qoidalariga;<\/p>\n<p>&#8212; tanlov tashkilotchilarining tanlovni tartibli o\u2018tkazish bilan bog\u2018liq talablariga amal qilishi;<\/p>\n<p>&#8212; Hakamlar hay\u2019atining ishtirokchini va boshqa ishtirokchilarni baholash yuzasidan chiqargan qarorlariga nisbatan hurmat bilan yondoshishi shart.<\/p>\n<ol start=\"8\">\n<li><strong> Yakuniy qoidalar<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n<p>8.1. Ko\u2018rik-tanlov Hakamlar hay\u2019ati a\u2019zolari tanlov shartlari bo\u2018yicha ishtirokchilarni baholashda ijtimoiy adolat, tenglik, komandalar o\u2018rtasidagi sog\u2018lom raqobat prinsiplariga amal qilishga majburdirlar. Ular tanlovga oid qarorlar chiqarishda mustaqildirlar va bu borada tashkilotchilar, ishtirokchilar va boshqa mansabdor shaxslarning hohish-istaklariga bog\u2018liq bo\u2018lmaydilar.<\/p>\n<p>8.2. Ko\u2018rik-tanlov Hakamlar hay\u2019ati kamida 7 (yetti) kishidan iborat tarkibda (bunda ularning ikki nafari tanlov tashkilotchisi vakili bo\u2018ladi) tomonidan shakllantiriladi hamda hay\u2019atning g\u2018oliblarni baholash yuzasidan chiqarilgan qarorlari qat\u2019iydir va bu borada shikoyatga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n<p>8.3. &#171;Men moliyaviy savodxonman&#187; ko\u2018rik-tanlovi g\u2018oliblarini taqdirlash 2024 yilning dekabr oyi birinchi o\u2018n kunligida tanlov tashkilotchisi tomonidan tanlanib, tanlov g\u2018oliblari va boshqa mas\u2019ullarga oldindan ma\u2019lum qilingan joyda va vaqtda o\u2018tkaziladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Diqqat!!! Ko\u2018rik-tanlov!!! O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasi \u201cKelajagimiz bo\u2018lgan yoshlar moliyaviy savodxon bo\u2018lmog\u2018i zarur\u201d nomli grant loyihasi doirasida yoshlar o\u2018rtasida &#171;Men moliyaviy savodxonman&#187; nomi ostida qisqa videoroliklar (1 minutgacha shorts, riilz) yaratish bo\u2018yicha ko\u2018rik-tanlov e&#8217;lon qiladi. Tanlovga viloyat hududidagi o\u2018rta, o\u2018rta-maxsus, oliy ta&#8217;lim dargohlarida ta&#8217;lim olayotgan, shuningdek xalq xo\u2018jaligining [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8584,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[19],"tags":[],"class_list":["post-8579","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tadbirlar"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":384,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8579"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8579"}],"version-history":[{"count":7,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8579\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9148,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8579\/revisions\/9148"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8584"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8579"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8579"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8579"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}