{"id":9861,"date":"2025-03-26T17:34:05","date_gmt":"2025-03-26T12:34:05","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=9861"},"modified":"2025-03-27T10:49:46","modified_gmt":"2025-03-27T05:49:46","slug":"energiya-resurslariga-noqonuniy-ulanishlar-mutaxassisning-ham-qoli-bolishi-mumkin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/9861","title":{"rendered":"Energiya resurslariga noqonuniy ulanishlar \/ mutaxassisning ham qo\u2018li bo\u2018lishi mumkin&#8230;"},"content":{"rendered":"<h5>Bugungi kunda energetika vazirligi tizimidagi elektr, issiqlik, gaz ta&#8217;minoti tashkilotlarining, jumladan, ularning hududlardagi idoralarining internetda rasmiy saytlari va ijtimoiy tarmoq hamda messenjerlarda alohida kanal va sahifalari faoliyat ko\u2018rsatib kelmoqda. Ushbu rasmiy sahifalar orqali bot-bot aholi yoki xo\u2018jalik yurituvchi sub&#8217;ektlar tomonidan elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanib olish va buning natijasida energetika tizimi tashkilotlariga katta miqdorda moddiy zarar yetkazilgan holatlar haqida xabarlar berib boriladi. O\u2018quvchida ushbu mazmundagi xabarlar bilan yuqoridagi rasmiy sahifa va kanallarda tanishish imkoniyati bo\u2018lgani sababli, ulardan misollar keltirishni joiz, deb bilmadik.<\/h5>\n<p>Lekin tarqatilgan xabarlarning mazmuniga e&#8217;tibor qaratilsa, ularda fuqaro o\u2018ziga tegishli savdo do\u2018koni elektr hisoblagichidan tashqari tarmoqqa ulanib olgani, yana birida ayrim iste&#8217;molchilarda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar aniqlanayotgani, qaysidir fermer ho\u2018jaligi rahbari umumiy foydalanishdagi elektr tarmog\u2018iga tijorat maqsadida o\u2018zboshimchalik bilan ulanib olgani, tabiiy gazdan o\u2018g\u2018rincha foydalangan issiqxona, issiqxonada gaz hisoblagichidan tashqari foydalanish kabi yo\u2018nalishdagi huquqbuzarliklar fosh qilingani haqida xabarlarga ko\u2018zingiz tushadi.<\/p>\n<p><strong>Javobgarlik bor. Ammo&#8230;<\/strong><\/p>\n<p>Ma&#8217;muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeksning 101-moddasi \u201cElektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish\u201d deb nomlanib, unda umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o\u2018zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu jumladan, ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining ko\u2018rsatkichlarini o\u2018zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish mazkur huquqbuzarliklarni sodir etgan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o\u2018n baravaridan o\u2018n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa \u2013 yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo\u2018lishi bo\u2018yicha norma belgilangan.<\/p>\n<p>Shuningdek, yuqoridagi huquqbuzarlik Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O\u2018g\u2018irlik) bilan ham malakalanishi ma&#8217;lum.<br \/>\nDemak, yuqoridagi holatda o\u2018z xonadoniga elektr, issiqlik, gaz tarmoqlarini o\u2018zboshimchalik bilan ulab olib, undan noqonuniy foydalanib kelgan fuqaro, mansabdor shaxs jarimaga tortilishi, ikkinchi holatda esa jinoiy javobgarlikka tortilishi nazarda tutiladi.<\/p>\n<p>Endi shu o\u2018rinda savol tug\u2018iladi, fuqaro (yoki mansabdor shaxs) alohida malaka talab etadigan ish, ya&#8217;ni yuqoridagi tarmoqlarga ulanib olishni o\u2018z kuchi bilan amalga oshira oladimi? Agar u o\u2018zi elektr ta&#8217;minoti sohasidagi mutaxassis bo\u2018lsa, yoki gaz ta&#8217;minoti sohasida mutaxassis bo\u2018lib, chilangarlik sohasining ham ustasi bo\u2018lsa, tarmoqqa ulanib olish ishlarini amalga oshira olar, lekin qolgan aksariyat holatlardachi? Qolgan holatlarda u, albatta, bu ishni amalga oshirish uchun sohaning mutaxassisi (yoki mutaxassislarini) jalb qiladi. Kamiga bu ish muayyan mablag\u2018 evaziga amalga oshirilib, korrupsion holatlar ham yuzaga keladi. Agar mutaxassis yordami bo\u2018lmasa, fuqaro aytaylik, elektr tarmog\u2018iga ulanish uchun kerakli bo\u2018lgan materiallar (kabel va b.)ni xarid qilib, xonadoniga keltirib qo\u2018yishdan nariga o\u2018tolmaydi.<\/p>\n<p><strong>Taklif<\/strong><\/p>\n<p>Savol tug\u2018iladi. Nega endi noqonuniy ulanish holatlari uchun fuqaroning o\u2018zi javobgar bo\u2018lishi kerak. Unga amaliy yordamini ko\u2018rsatgan mutaxassis (mutaxassislar) yoki shu ishni amalga oshirish bo\u2018yicha bilim, malaka va ko\u2018nikmaga ega bo\u2018lgan malakali shaxs (shaxslar) qaerda qoldi? Qilgan ishi uchun tegishli javobini olmagan mutaxassis (mutaxassislar) yoki malakali shaxs (shaxslar) ertaga bu ishni boshqa xonadon (mahalla)larda ham davom ettirishi mumkinku.<\/p>\n<p>Albatta, bu bilan noqonuniy ulanib olish tashabbusini ko\u2018rsatgan fuqaro javobgarlikdan qochib qolishi kerak, demoqchi emasmiz, lekin mutaxassis bo\u2018lmasa u tarmoqqa ulana olmas edi-ku.<br \/>\nShunday ekan, Ma&#8217;muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi qodeksning 101-moddasidagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o\u2018zboshimchalik bilan ulanish qismidagi sanksiyani fuqarolar (xo\u2018jalik yurituvchi sub&#8217;ektlar)ning zimmasidan chiqarib, ushbu sanksiyani 101-moddaning alohida qismi sifatida ajratib olib, mazkur tarmoqlarga ulanishni amalga oshirgan yoki yordamini ko\u2018rsatgan malakali shaxs (mutaxassis)ga:<\/p>\n<p>bazaviy hisoblash miqdorining &#8230;. baravaridan &#8230;&#8230; baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa \u2014 &#8230;.. baravaridan &#8230;. baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo\u2018ladi, tarzida bayon qilish, bunda, fuqaroga (xo\u2018jalik yurituvchi sub&#8217;ektga) nisbatan mazkur ishlarni amalga oshirgan yoki yordam ko\u2018rsatgan malakali shaxs (mutaxassis)ni ixtiyoriy ravishda ma&#8217;lum qilgan hollarda, unga nisbatan javobgarlik choralari yengillashtirilishi (yoki javobgarlikdan ozod qilinishi) nazarda tutilsa maqsadga muvofiq bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>101-moddaning qolgan ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu jumladan, ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining ko\u2018rsatkichlarini o\u2018zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish qismlarini o\u2018zgarishsiz (fuqarolar, xo\u2018jalik yurituvchi sub&#8217;ektlar zimmasida) qoldirish mumkin.<\/p>\n<p>Mutaxassis (mutaxassislar) yoki malakali shaxs (shaxslar) noqonuniy ulanish uchun birinchi navbatda va asosan o\u2018zi (o\u2018zlari) javobgar bo\u2018lishini bilganidan so\u2018ng esa noqonuniy ulanish ishiga bosh qo\u2018shishdan o\u2018zini (o\u2018zlarini) tiyishiga, bu bilan ushbu yo\u2018nalishdagi huquqbuzarliklar bir qadar kamayishiga yoki ideal holatda umuman barham topishiga umid bildirish mumkin.<\/p>\n<p><strong>G\u2018ayrat MAMATQULOV,<\/strong><br \/>\nhududiy birlashma sektor boshlig\u2018i.<\/p>\n<p><em>*Foto sun&#8217;iy intellekt yordamida generatsiya qilingan<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda energetika vazirligi tizimidagi elektr, issiqlik, gaz ta&#8217;minoti tashkilotlarining, jumladan, ularning hududlardagi idoralarining internetda rasmiy saytlari va ijtimoiy tarmoq hamda messenjerlarda alohida kanal va sahifalari faoliyat ko\u2018rsatib kelmoqda. Ushbu rasmiy sahifalar orqali bot-bot aholi yoki xo\u2018jalik yurituvchi sub&#8217;ektlar tomonidan elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanib olish va buning natijasida energetika tizimi tashkilotlariga katta miqdorda [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9862,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-9861","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":54,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9861"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9861"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9861\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9864,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9861\/revisions\/9864"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9862"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9861"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9861"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9861"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}