Fuqaroning soliq to`lovlaridan yuzaga kelgan qarzdorligiga aniqlik kitib berildi

Quvasoy shahar Pakana mahallasida yashovchi R.Аlieva joriy yilning avgust oyi oxirlarida shahar jamiyatiga murojaat qilib, unga soliq inspektsiyasidan yer va mol-mulk solig`idan 600000 (olti yuz ming) so`m qarzdorligi to`g`risida ogohlantirish berilganligini maʼlum qilib, o`zining bu borada imtiyozga egaligini, soliq to`lovlaridan bu darajada qarzi bo`lmasligi kerakligini aytib, masalaga aniqlik kiritib berilishida amaliy yordam ko`rsatilishini so`ragandi.
Murojaat soliq inspektsiyasi mutaxassislari hamkorligida, idoraning kompyuter bazasi maʼlumotlari asosida, o`rganib chiqilganda, fuqaroga nogironligi bor shaxs sifatida Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan berilgan №187404-sonli nogironlik muddatsiz berilgan maʼlumotnomasi, fuqaroning o`zi tomonidan soliq idorasiga vaqtida taqdim qilib berilmaganligi oqibatida, O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan imtiyozlardan to`laqonli foydalana olmay qolishiga, natijada qarzdorlik kelib chiqishiga sabab bo`lganligi maʼlum bo`ldi.
Soliq idorasi mutasaddilarining amaliy ko`magi bilan mazkur maʼlumotnoma kompyuter bazasiga qayd qilinishi bilan esa uning zimmasidagi qarzdorlikni bartaraf etilishiga erishildi.

Qunduzxon Zakirova
Quvasoy shahar IHHQ jamiyati bosh mutaxasisi