Navbatdagi kengash yig`ilishi

Hududiy birlashma kengashining navbatdagi yig`ilishi videokonferentsaloqa tarzida o`tkazilib, unda Federatsiya kengashining 2020 yil 9 sentyabrdagi navbatdagi yig`ilishida ko`rib chiqilgan masalalar va ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar, hududiy birlashma tuman (shahar) jamiyatlarining hisobot davridagi faoliyat yakunlari muhokamasi o`tkazildi.

Joriy yil asosiy faoliyat yo`nalishlari rejasida, shuningdek hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejalarida belgilangan vazifa va topshiriqlarni o`z vaqtida ijrosini taʼminlash, hududda isteʼmolchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va isteʼmol madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar yuzasidan ko`rsatma va topshiriqlar berildi.

Hududiy birlashma Аxborot xizmati