Ikkinchi Yevropa va Osiyo mamlakatlari isteʼmolchilari forumi Xiva shahrida o`tkaziladi

O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov va Xalqaro isteʼmolchilar jamiyatlari konfederatsiyasi (KonfOP) boshqaruvi raisi D. Yanin o`rtasida Zoom platformasida onlayn muloqot tashkillandi.

Ko`pchilikka maʼlum, KonfOP va Federatsiya tashabbuslari bilan joriy yil yanvar oyida Toshkent va Samarqand shaharlarida Birinchi Yevropa va Osiyo mamlakatlari isteʼmolchilari forumi o`tkazilgandi.

Birinchi Forum yakunlariga ko`ra, uni har yili o`tkazish taklifi ham kiritilib, ishtirokchilar tomonidan maʼqullangandi.

Onlayn muloqot doirasida Forum tashkilotchilari: Federatsiya raisi J.Sarimsoqov va KonfOP boshqaruvi raisi D.Yaninlar ikkinchi xalqaro anjumanni kelgusi yilning bahor oylarida Xiva shahrida o`tkazish uchun tayyorgarlik ko`rish va o`tkazishga doir tashkiliy masalalar yuzasidan o`zaro fikr almashdilar.

Hududiy birlashma Axborot xizmati