Yuksak iste’mol madaniyati sari

Hududiy birlashmaning 2021 yilga mo`ljallangan asosiy faoliyat yo`nalishlari rejasiga asosan Toshloq tumani 2-kasb-hunar maktabida «Yuksak isteʼmol madaniyati sari» mavzusida davra suhbati tashkillandi.

Maʼruzachilar Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan 2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek joriy yil istiqboldagi rejalar yuzasidan axborotlar berib otilib, oqituvchi ustozlarning isteʼmolchilik sohasiga oid savollariga javoblar qaytarildi.

Tadbir doirasida maktab jamoasi va Federatsiya o`rtasidagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarini 2021 yilda ham tizimli asosda davom ettirishga kelishib olindi.

Tadbir to`g`risida «Ruxsor» teleradiokompaniyasida berilgan axborot materiali

Hududiy birlashma Аxborot xizmati