Maishiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida iste’molchilarning huquqlari mavzusida tadbir tashkillandi

O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 8-maktabgacha ta’lim muassasasida «Maishiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida iste’molchilarning huquqlari» mavzusida seminar tashkillandi.

Tadbir ishtirokchilariga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, shuningdek qonunchilikda aholiga maishiy xizmatlar ko‘rsatish borasidagi talablar, maishiy xizmatlarni ko‘rsatish qoidalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berib o‘tilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Seminar doirasida Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini rivojlantirish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborotlar berib o‘tildi.

Isomiddin Abbosov
O‘zbekiston tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi