Hududiy birlashma ishchi guruhi So‘x tumanida faoliyat olib bormoqda

Xabar berib borayotganimizdek, hududiy birlashma tizimidagi tashkilotlar tomonidan fevral-mart oylari davomida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Joriy yil mart-aprel oylari esa tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi sifatida davom etmoqda.

Shu kunlarda hududiy birlashma ishchi guruhi tomonidan anklav So‘x tumanida bo‘lib turilibdi. Ishchi guruhi hududdagi korxona, tashkilot, idora va muassasalar ishchi-xodimlarini amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi ustidan olib boriladigan jamoatchilik nazorati ishlarida faol ishtirok etishga chaqirib, buning uchun yurtimiz iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatida faol ishtirok etish, bu boradagi yo‘l-yo‘riq va tartib-taomillar yuzasidan tushuntirishlar olib bormoqda.

Bugun tumandagi 1, 5, 7, 25 va 32-umumta’lim maktablari jamoalari bilan uchrashgan Federatsiya mutaxassislari yuqoridagi masalalarda tushuntirishlar berish barobarida, Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini har tomonlama rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ham atroflicha axborotlar berib o‘tib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytardilar.

Hududiy birlashma Axborot xizmati