Yuksak iste’mol madaniyatiga erishish yo‘lida

Uchko‘prik tumanidagi 52-umumta’lim maktabida tashkillangan navbatdagi tadbir “Yuksak iste’mol madaniyati sari» deb nomlanib, unda maktab o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda barchaning iste’molchi ekanligidan kelib chiqib, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish va bu boradagi jamoatchilik nazoratini keng yo‘lga qo‘yilishidan aholining barcha qatlamlari manfaatdorligiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil dekabr’ oyida Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida qabul qilinayotgan qarorlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini keng yo‘lga qo‘yish va unda jamoatchilikning keng ishtirokini ta’minlash bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda Federatsiya va uning hududiy organlarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratib o‘tildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning iste’molchilik sohasiga oid savollariga tuman jamiyati raisi Lazizjon Shodmonov va boshqa mas’ullar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi