Targ‘ibotlar yuksak iste’mol madaniyati sari

Toshloq texnik xizmat ko‘rsatish texnikumida “Men yosh iste’molchiman” mavzusida navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quv yurti o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishib mavzuga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishdi.

Tadbirda Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi E. Mirzaumarov so‘z olib iste’molchi kim, u qanday huquq va majburiyatlarga ega, ularning huquqlari poymol bo‘lgan taqdirda kimga yoki qaerga murojaat qilish kerak kabi savollarga alohida to‘xtalib batafsil tushunchalar berdi.

Seminar ishtirokchilari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga, javoblar olish barobarida, turmushlari va faoliyatlarida duch kelayotgan muammolar yuzasidan huquqiy maslaxatlar ham olishdi.

Tadbirda so‘z olgan texnikum rahbari o‘rinbosari D.Mo‘minov va boshqalar tomonidan tashkillangan tadbir haqida ijobiy fikrlar bildirib o‘tilib, kelgusida ham bunday tadbirlarni tashkillagan holda, mehnat jamoasi a’zolarining huquqiy bilimlarini oshirib borish borasidagi istaklarini aytib o‘tdilar.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi