Davra suhbati: Iste’molchi ta’lim sifatidan qoniqyaptimi?

Toshloq tuman Xalq ta’limi bo‘limida o‘tkazilgan navbatdagi davra suhbati ana shunday nomlandi. Unda bo‘lim uslubchilari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida Toshloq tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri A. Soliev so‘z olib bugungi kunda ta’lim xodimlari oldida turgan vazifalar, bajarilishi joiz yumushlar, ertangi kunimiz egalari oldidagi majburiyatlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng Toshloq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi E. Mirzaumarov so‘zga chiqib “Iste’molchi ta’lim sifatidan qoniqyaptimi?” mavzusidagi ma’ruzasi bilan yig‘ilganlarni tanishtirib o‘tdi. Ma’ruzadan so‘ng tadbir ishtirokchilari bilan mavzu yuzasidan o‘zaro fikr-mulohazalar almashilib, sohaning bugungi kundagi yutuq va kamchiliklari tahlil qilindi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarning iste’molchi sifatida yuzaga kelayotgan muammolari tinglanib, ularni ijobiy hal etish borasida chora-tadbirlar ham belgilab olindi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi