Bozorlarda sotilayotgan mahsulotlar nechog‘lik xavfsiz? (videomaterial)

Yozning issiq mavsumida ichki bozorlarda sotilayotgan iste’mol tovarlarining zarur sifatda bo‘lishini va xavfsizligini, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlanishi holatlarini o‘rganishdan o‘tkazilmoqda.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlaridan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabridagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 414-sonli qarori hamda Federatsiya Ustavidan kelib chiqqan holda, shuningdek hududiy birlashmaning 2021 yil asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasiga asosan viloyatimiz hududidagi markaziy Dehqon bozorlarida veterinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi, ularning moddiy-texnik ta’minlanganligi, laboratoriyalar tomonidan bozor hududlarida sotilayotgan go‘sht va go‘sht mahsulotlari, baliq mahsulotlari, meva va sabzavotlar hamda poliz mahsulotlarini sotishga tegishli ruxsatnomalar berilishi holatlarini jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganib chiqilmoqda.

Hududiy birlashma Axborot xizmati