Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari ishtirokida huquqiy tadbir

Uchko‘prik tumanidagi 1-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yuksak iste’mol madaniyati sari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berish barobarida, yurtimizdagi iste’molchilik ijtimoiy harakati, Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan mazkur harakatni yanada rivojlantirish, iste’molchilarning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida ham axborotlar berib o‘tdilar.

Tadbir ishtirokchilari o‘tkazilgan tadbir doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javoblar va huquqiy maslahatlar olishdi.

Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi