Viloyat konferensiyasiga vakillar saylandi

Avvalroq xabar berib o‘tganimizdek, viloyatimiz tuman va shaharlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining umumiy yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun Dang‘ara tumanida o‘tkazilgan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparati va tayanch guruhlari faollarining umumiy yig‘ilishi ham shular jumlasidandir.

Dastlab umumiy yig‘ilish kun tartibidagi birinchi masala tuman jamiyatining 2016-2020 yillar faoliyati yuzasidan hisobot ma’ruzasi tinglanib, masala yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralardan so‘ng yig‘ilish ishtirokchilarining bildirgan fikr-mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda tuman ajmiyatining hisobot davridagi faoliyatini qoniqarli deb topish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Shundan so‘ng umumiy yig‘ilish Farg‘ona viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasining navbatdagi konferensiyasiga tumandan vakillar nomzodlarini ko‘rib chiqdi va tasdiqladi.

Yig‘ilish ishida Farg‘ona viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Hududiy birlashma Axborot xizmati