Qo‘shtepada tuman jamiyati faollari yig‘ilishi

Xabar berib borayotganimizdek, viloyatimiz tuman va shaharlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining umumiy yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun Qo‘shtepa tumanida o‘tkazilgan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparati va tayanch guruhlari faollarining umumiy yig‘ilishi ham shu jumladandir.

Umumiy yig‘ilish kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tuman jamiyatining 2016-2020 yillar hamda 2021 yilning o`tgan davri faoliyati yuzasidan hisobot ma’ruzasi eshitildi va masala yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi. Muhomalardan so‘ng yig‘ilish ishtirokchilarining bildirgan fikr-mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda tuman jamiyatining hisobot davridagi faoliyatini qoniqarli deb topish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Shundan so‘ng umumiy yig‘ilish Farg‘ona viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasining navbatdagi konferensiyasiga tumandan vakillar nomzodlarini ko‘rib chiqdi va tasdiqladi.

Yig‘ilish ishida Farg‘ona viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Dildoraxon Xabibullaeva
Qo‘shtepa tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi