Tuman jamiyati faollari ishtirokida umumiy yig‘ilish o‘tkazildi

Farg‘ona viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasining navbatdagi konferensiyasi oldidan Buvayda tumanida ham iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda jamiyat raisi Asrorjon Yigitaliev 2016-2020 yillar va 2021 yilning o‘tgan davrida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borsida olib borilgan ishlar yuzasidan hisobot berib o‘tdi. Ma’ruzadan so‘ng olganlar o‘z tashkilotlari hamda tuman jamiyati o‘rtasida olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik, ishchi xodimlarning iste’molchilik huquqiy bilimlari va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning iste’molchilik huquqlarini himoya qilish yo‘nalishidagi ishlarga ijobiy baho berib, bu boradagi o‘z taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Umumiy yig‘ilishda hududiy birlashma mas’ul xodimlari ham ishtirok etdilar.

Shukrullo Qambarov
Buvayda tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi