Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari Farg‘onada sayyor qabul o‘tkazdilar

Yetmish nafarga yaqin jismoniy va yuridik shaxslar vakillari ishtirok etgan mazkur sayyor qabul tashkilotchilari tomonidan ta’kidlanishicha, sayyor qabul sohada faoliyat olib borayotgan jismoniy va yuridik shaxslar faoliyati bilan yaqindan tanishish, ularni qiynayotgan muammolarga o‘z vaqtida yechim topish, ularning ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirishga ko‘maklashish maqsadini ko‘zlaydi.

Dastlab mutaxassislar tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida taqdimot o‘tkazilib, farmasevtik faoliyatga doir normativ-huquqiy hujjatlarning amalda tadbiq etilishi yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shundan so‘ng, viloyatda dori vositalarini tayyorlash, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, ularning ulgurji va chakana savdosi sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining talab, taklif va muammolari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Rejaga muvofiq, kunning ikkinchi yarmida tadbir tashkilotchilari va OAV vakillari ishtirokida Uchko‘prik tumanida faoliyat yuritayotgan «Mehrigiyo» xususiy korxonasiga press-tur tashkillandi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati