«Faxriy yorliq»lar egalariga yetkazildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining navbatdagi hisobot konferensiyasi qarori bilan Federatsiyaning Farg‘ona viloyati hududida faoliyat olib borayotgan hududiy ijro etuvchi tashkilotlari xodimlariga ajratilgan “Faxriy yorliq”lar to‘liq o‘z egalariga yetkazildi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida hududiy birlashma raisi Axrorjon Raxmonaliev boshchiligidagi hududiy birlashma mas’ullari Qo‘qon shahri, Dang‘ara, Furqat, O‘zbekiston va Beshariq tumanlarida bo‘lishib, tizimning fidoyi xodimlariga Federatsiyaning “Faxriy yorliq”larini topshirdilar.

Hududiy birlashma raisi “Faxriy yorliq”larni o‘z egalariga topshirar ekan, xodimlarga Federatsiya raisining bu boradagi alohida buyrug‘ini ham o‘qib eshittirib, ularga tizim faoliyatini har tomonlama rivojlantirish borasida olib borayotgan samarali faoliyatlari uchun minnatdorchilik izxor qildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati