Xalqaro Forum ishtirokchilari yo‘lga chiqdi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi bilan joriy yilning 23-25 noyabr’ kunlari Xorazm viloyatining Xiva va Urganch shaharlarida «Sayyoh-2021» xalqaro forumi o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, mazkur Forum ishida Federatsiyaning Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tizimidagi tuman va shahar jamiyatlaridan 20 nafar delegatlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Forum ishtirokchilari bugun Marg‘ilon hamda Qo‘qon temir yo‘l vokzallaridan poezdga chiqib, manzil sari yo‘l oldilar. Delegatlarni temir yo‘l vokzallarida tizim mas’ul xodimlari va ishtirokchilarning oila a’zolari kuzatib qoldilar.

Biz Forum qatnashchilariga o‘tkaziladigan Xalqaro forum ishida faol ishtirok etishlarini so‘ragan holda, ularga oq yo‘l tilab qolamiz.

Hududiy birlashma Axborot xizmati