Xalqaro forum ishtirokchilari Samarqandga yetib keldi

Avval xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi bilan joriy yilning 23-25 noyabr’ kunlari Xorazm viloyatining Xiva va Urganch shaharlarida «Sayyoh-2021» xalqaro forumi o‘tkazilmoqda. Forum ishida Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tizimidan ham bir qator mas’ul xodimlar ishtirok etadilar.

Xalqaro forumning Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tizimidagi tashkilotlaridan etuvchi vakillar kecha Marg‘ilon va Qo‘qon temir yo‘l vokzalidan Xiva shahriga qarab yo‘lga chiqqanligi to‘g‘risida xabar berib o‘tgandik. Bugun delegasiya Samarqand shahriga yetib keldi.

Vakillar kun davomida ko‘hna va navqiron Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishdilar. Xususan, ularda Go‘ri Amir, Registon va Shohizinda tarixiy-me’moriy obidalariga tashkillangan ziyoratlar katta taassurot qoldirdi.

Delegasiya bugun Xiva shahriga jo‘nab ketadi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati