O‘tgan yilda viloyat sudlari tomonidan olib borilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi va tuman (shahar) jamiyatlari tizimida matbuot va axborot yo‘nalishida mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlar Farg‘ona viloyat sudlari tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Tadbirda viloyat sudi raisi o‘rinbosarlari tomonidan Jinoyat, Fuqarolik, Ma’muriy va Iqtisodiy sudlar tomonidan 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tildi. Axborot beruvchilar har bir yo‘nalish bo‘yicha jinoyat va huquqbuzarliklarning ortishi yoki kamayishi holatlari, bularni keltirib chiqarayotgan omillar, qonunbuzilishi holatlarini, shuningdek fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari poymol qilinishini oldini olish bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini ham bildirib o‘tdilar.

Tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Rasmlarni O‘zA fotomuxbiri M.Qodirov olgan