O‘zaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi

Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari tumandagi 37-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari ishtirokida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdilar.

Tadbirda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi. Shuning bilan birgalikda, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati to‘g‘risida, xususan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy organlari faoliyati yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkiloti va tuman jamiyati o‘rtasida ishchi xodimlarning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning iste’molchilik huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida hamkorlik va ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yilishiga kelishib olindi.

Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi