Yuksak iste’mol madaniyati sari

O‘tgan yilda Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining 2021 yil uchun asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi asosida sohaga oid amaldagi qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlari o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot-tashviqot qilish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Tuman jamiyati raisining aholi (fuqarolar) bilan joylarda “sayyor qabullar”ni tashkil etish maqsadida tumandagi ta’minotchi, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda va mahalla fuqarolar yig‘inlarida fuqarolar murojaatlari bo‘yicha yuzma-yuz muloqotlar tashkil qilindi va muloqotlar davomida ma’lum qilingan muammolar va bildirilgan takliflar tegishli tartibda qayd qilinib, ularni hal qilish chora-tadbirlari ko‘rildi.

“Iste’molchi bilan muloqot” huquqiy maslahatxonasi orqali 200 nafar aholi (iste’molchilar)ga bepul huquqiy maslahatlar, amaliy yordamlar, tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Federatsiya, hududiy birlashma va mahalliy hokimlik topshiriqlari asosida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish masalalariga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish va jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishlar o‘tkazilib, o‘rganish natijalari yuzasidan yuqori turuvchi idora va tegishliligi bo‘yicha davlat boshqaruvi idoralariga ma’lumotlar kiritildi.

Amaldagi qonunchilik va Federatsiya ustavi bilan belgilab berilgan vaziflaar ijrosini ta’minlash maqsadida aholining huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish yo‘nalishida 70 dan ortiq mehnat jamoalarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha o‘quv seminarlari va davra suhbatlari tashkillandi. Ushbu tadbirlar bilan 1100 dan ortiq aholi vakillari qamrab olindi.

Olib borilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida, xususan “Beshariq tongi”, Federatsiya muassisligidagi “Iste’mol madaniyati”, gazetalari hamda turli rasmiy veb-saytlarda “Iste’molchi haq ekan”, “Qonundan chetga chiqmay”, “Shtat qisqarsa iste’molchi jabr ko‘rishi kerakmi?”, “Ishonch hosil qiling”, “Yaxshi taasurot oldim”, “Nuqsonli tovar sotib olganda iste’molchi nima qilishi kerak?”, “Almashtirib berilish shart” va shu kabi boshqa mavzularda 50 marotabaga yaqin chiqishlar tashkillandi.

Fuqarolarning yuqori idoralarga yozma, ishonch telefonlari, elektron shakldagi, shuningdek tuman jamiyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaatlari bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijalari bilan 57 952 430 so‘m mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi. Gaz, elektr, suv ta’minoti, savdo, transport va boqsha masalalarni o‘z ichiga olgan ushbu murojaatlarning barchasi o‘z muddatlarida ko‘rib chiqilib, mazmunan hal qilinishiga erishildi.

Tuman jamiyati joriy “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da ham o‘z oldiga amaldagi qonunlar va qonunosti hujjatlari mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazib borish, iste’molchilarning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish yo‘nalishida tizimli asosda ish olib borishni maqsad qilib olgan.

Hamidjon Axmedov
Tuman jamiyati raisi