Qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alibek Mamirjonovich Tursunov hamda ushbu kompleks tarkibiga kiruvchi boshqarma va tashkilot rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjuman ishtirokchilariga viloyatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohada yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish, ekin maydonlarining unumdorligini oshirish, yerdan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, sohaga innovasion texnologiyalarni joriy qilish, sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, ularni eksport qilish, qishloq xo‘jaligida klaster tizimiga oid masalalar, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sohada amalga oshirilayotgan yangi loyihalar va kelgusi rejalar xususida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari tadbir doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Hududiy birlashma Axborot xizmati