Tayanch guruhlari a’zolari bilan muloqotlar o‘tkazilmoqda

Beshariq tumanida «Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi»ni o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Federatsiyaning hududdagi tayanch guruhlari faollari va a’zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Bugun tumandagi 1-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va 1-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkazilgan tadbirlar shular jumlasidandir.

Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullarining tayanch guruhlari a’zolari bilan muloqotlarida Federatsiya va uning hududiy tizimlarida olib borilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar haqida fikrlar almashish barobarida, tayanch guruhlari a’zolarini iste’molchi sifatida sohaga oid masalalarda qiziqtirgan savollariga javoblar qaytarildi, ularning kundalik turmush jarayonida uchrab turadigan ayrim muammolar va ularning yechimlari yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalari eshitildi.

Tumanda Federatsiya a’zolari bilan muloqotlar tizimli asosda davom ettirilmoqda.

Baxtiyor Jurayev
Beshariq tuman jamiyati mutaxassisi