Tibbiyot xodimlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 2022 yil 7 maydagi IT/01-29- sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan «Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi»ni tartibli va samarali o‘tkazilishini taminlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga asosan Rishton tumanida ham tizimli asosda tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun ana shu chora-tadbirlar rejasining 3-bandiga asosan Rishton tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tomonidan Tibbiyot birlashmasida tashkil qilingan tayanch guruhi faollari bilan uchrashildi. Tadbirning «Xalqaro hamshiralar kuni»ga to‘g‘ri kelganligi tadbirga o‘ziga xos shukuh bag‘ishladi.

Shundan kelib chiqqan holda, tadbir ishtirokchilariga Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi apparatlari faoliyati haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tish, tizimda iste’molchilarning murojaatlari bilan ishlash boarsida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish asnosida, tibbiyot xodimlarini kasb bayramlari bilan ham qutlandi.

Xusniddin Latipov
Rishton tuman jamiyati mutaxassisi