Tibbiyot xodimlari qutlandi

Har yili 12 may – Xalqaro hamshiralar kuni sifatida butun dunyoda munosib nishonlanib, hamshiralarga alohida ehtirom ko‘rsatiladi.

Yozyovon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari markaziy poliklinikada bo‘lishib, u yerda faoliyat olib borayotgan hamshiralar bilan uchrashishdi. Ularga mashaqqatli ishlarida muvaffaqiyatlar hamda bemorlarning salomatligini tiklash bilan bevosita bog‘liq faoliyatlarida omadlar yor bo‘lishini tiladilar.

Sohada faoliyat olib borayotgan bir guruh hamshiralarga jamiyatning qimmatbaho sovg‘alari ham topshirildi.

Shavkatjon Saidov
Yozyovon tuman jamiyati mutaxassisi