Tibbiyot tizimi tashkilotlarida Federatsiya faollari bilan uchrashilmoqda

Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi Federatsiya topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida hududdagi Federatsiya tayanch guruhi faollari va a’zolari ishtirokida tadbirlar tashkillash va o‘tkazish ishlari davom ettirilmoqda.

Kecha Farg‘ona tuman Markaziy shifoxonasi xodimlari, shuningdek markaziy shifoxonaning terapiya bo‘limida o‘tkazilgan tadbirlar ham shular jumlasidan bo‘lib, tadbirlarda tayanch guruhlarining faollari va a’zolari ishtirok etdilar.

Har ikki tadbir davomida ishtirokchilarga Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi, shuningdek Federatsiya a’zolarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, ularnig sohaga oid masalalardagi muammolar va ularnig yechimlari bo‘yicha bildirgan fikr va mulohazalari tinglandi.

O‘tkazilgan tadbirlar yakunlariga ko‘ra, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishda tibbiyot tizimi tashkilotlari hamda tuman jamiyati o‘rtasida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik va ijtimoiy sheriklik yo‘nalishidagi ishlarni olib borishga kelishib olindi.

Jahongir Nishonboyev
Farg‘ona tuman jamiyati mutaxassisi