Tibbiyot muassasalarida tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda

Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasida 1-sonli shifoxonada Federatsiya a’zolari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazdilar. Tadbir shifoxona bo‘limlarida mehnat faoliyati olib borayotgan tibbiyot xodimlari ishtirokida o‘ktazildi.

Shahar jamiyati xodimlari shifoxonaning bo‘limlarida bo‘lishib, tibbiyot xodimlari bilan iste’molchilik sohasiga oid masalalarda suhbatlar tashkillandi. Suhbat asnosida ularga Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar, iste’molchilik harakatiga doir qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati yuzasidan qisqacha tushuntirishlar berib o‘tilib, ularning savollarga javoblar qaytarildi.

Shuningdek, ularga kundalik turmush jarayonida iste’molchilik sohasiga oid masalalarda muammolarga duch kelganda Federatsiya tizimi tashkilotlari kuch va imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tushuntirishlar ham berib o‘tildi.

Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar jamiyati mutaxassisi