Fikr va mulohazalar almashildi

Farg‘ona tumanida Federatsiyaning “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi”ni o‘tkazish bo‘yicha topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, hududdagi tayanch guruhlari faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlarda targ‘ibot va tushuntirish tadbirlari o‘tkazib borilmoqda. Bugun shu maqsadda 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, madaniyat bo‘limi va byudjetdan tashqari pensiya bo‘limida ham mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida tayanch guruhlari rahbar va a’zolari bilan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan hamkorlik hamda mazkur hamkorlikni kelgusi istiqbollari yuzasidan, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari faoliyatini, shuningdek aholining murojaatlari bilan ishlash borasidagi ishlarni son va sifat jihatidan yanada yaxshilash yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi. Federatsiya a’zolarini qiziqtirgan savollarga ajvoblar qaytarilib, ularning sohaga oid ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflari tinglandi.

Tumanda bu boradagi tadbirlar tizimli asosda davom ettirib borilmoqda.

Jahongir Nishonboyev
Farg‘ona tuman jamiyati mutaxassisi