Oylik doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasida tumandagi 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Yuksak iste’mol madaniyati sari” mavzusida seminar o‘tkazildi. Unda maktabda tashkillangan tayanch guruhi faollari va a’zolari ishtirok etdilar.

Tuman jamiyati xodimlari tomonidan Federatsiya faoliyati, amalga oshirilgan ishlar hamda loyihalar targ‘ib qilinib, Federatsiya a’zolarining iste’molchi sifatidagi buzilgan huquqlarini tiklash amaliyoti bo‘yicha tashkilot xodimlariga ma’lumotlar berildi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasining “Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati yuzasidan qisqacha tushuntirishlar berib o‘tildi.

Qolaversa ishtirokchilarga kundalik turmush jarayonida iste’molchilik sohasiga oid masalalarda muammolarga duch kelinganda Federatsiya va uning hududiy organlariga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatib o‘tildi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman jamiyati mutaxassisi