Federatsiya delegasiyasi xalqaro anjumanda ishtirok etdi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi vakillari Olmaota shahrida «Hamkorlik sharoitida vakillik va huquqni muhofaza etish» mavzusida bo‘lib o‘tgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.

Bu haqda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Konferensiyada davlatning qonun chiqaruvchi va ma’muriy tuzilmalarida manfaatlarni ilgari surish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlik tajribasi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning milliy strategiyalari va mexanizmlari, Markaziy Osiyo hududlarida iste’molchilarni qiynayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Federatsiya vakillari o‘z ma’ruza va takliflari orqali O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, rejalar xususida fikrlar bildirdi.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2018 yildan boshlab Xalqaro iste’molchilar tashkilotining to‘laqonli a’zosi hisoblanadi. Bu kabi Xalqaro anjumanlar mamlakatlar orasida yangi bilimlar, tajribalar almashinuviga xizmat qiladi.

Matni to‘lig‘icha O‘zAdan olindi