Tayanch guruhlari faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati va tayanch guruhlari faollarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda Federatsiya Kengashining joriy yil 26 iyuldagi majlisi qarorlari bilan belgilab berilgan vazifalar muhokamadan o‘tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yig‘ilishda Farg‘ona shahar jamiyati raisi Nodirjon Toshkanov kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan ma’ruza qilish barobarida, jamiyat tomonidan iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, yuqori turuvchi idoralar tomonidan ichki bozorda sotilayotgan mahsulotlar sifati, xavfsizligini amaldagi qonunchilik talablariga javob berishi, iste’molchialring hayoti, sog‘ligi va mol-mulkiga ziyon yetkazilishini oldini olish borasidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborot berib o‘tdi.

Tayanch guruhlari follari tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar, shahar jamiyati va o‘zlari mehnat faoliyati olib borayotgan mehnat jamoalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada yaxshilash borasidagi takliflar ham bildirib o‘tildi.

Yig‘ilish kun tartibidagi masalalarni to‘liq muhokamalarini o‘tkazib, tegishli qarorlar qabul qilish bilan o‘z ishini yakunladi.

Azamatjon Babayev
Farg‘ona shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi