Jamiyat faollari umumiy yig‘ilish o‘tkazdilar

Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tashkillangan umumiy yig‘ilishda Federatsiyaning tumandagi tayanch guruhlari a’zolari va faollari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan tuman jamiyati raisi Adxamjon Xamidov ma’ruza qildi va yig‘ilish ishtirokchilarining savollariga javoblar qaytardi. Ma’ruzachi Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari tomonidan joylarda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimlari va iste’mol madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlariga ham atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish, ushbu yo‘nalishdagi takliflarni qayd qilish hamda viloyat hududiy birlashmasining navbatdan tashqari konferensiyasiga vakillar saylash bilan o‘z ishini yakunladi.

Axmadjon Tuxtaboyev
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi