Faollar ishtirokida umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Kengashining so‘nggi majlisi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Yozyovon tumanida ham iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda tayanch guruhi faollarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tuman jamiyati raisi Ma’muraxon Umarovaning kun tartibidagi asosiy masalalar, shuningdek hududda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar mavzusidagi axboroti tinglandi. Shuningdek, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Yig‘ilish kun tartibidagi barcha masalalarni muhokamadan o‘tkazib, viloyat konferensiyasiga hududdan vakillar saylash bilan o‘z ishini nihoyasiga yetkazdi.

Shavkatjon Saidov
Yozyovon tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi