Qiziqarli statistika

Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi tomonidan tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra:

O‘zbekistonda 6 va undan ko‘p a’zolariga ega uy xo‘jaliklari 39,1 % ni tashkil etadi

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra bir kishilik uy xo‘jaliklari ulushi – 2,7 %, ikki kishilik – 6,7 %, uch kishilik – 11,0 %, to‘rt kishilik -18,2 %, besh kishilik – 22,3 % hamda olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari – 39,1 % ni tashkil etmoqda.

Farg‘ona viloyatida jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadigan shaxslarning ulushi

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida uy xo‘jaliklari a’zolari jismoniy mashqlar bilan bir kunda bir soatdan kam shug‘ullanuvchilar ulushi 62,7 % ni tashkil etdi, bir soat shug‘ullanuvchilar – 26,2 % ni, bir soatdan ortiq shug’ullanuvchilar esa – 11,1 % ni tashkil etdi.

Farg‘ona viloyatida jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadigan shaxslarning mashg‘ulotlar davriyligi bo‘yicha ulushi

2022- yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida haftada bir marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan uy xo‘jaliklari a’zolarining ulushi 29,8 % ni tashkil etdi. Haftasiga ikki marta shug’ullanuvchilar 54,6 % ni, haftada uch marta yoki undan ko‘proq shug’ullanuvchilar 15,6 % ni tashkil etdi.

Farg`ona viloyat statistika boshqarmasi