Mebel jamlanmasi bo‘yicha kelib tushgan murojaat ijobiy hal etildi

Qashqadaryolik F. To‘raeva Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoniga murojaat qilib, Buvayda tumanida joylashgan savdo do‘konidan xarid qilingan mebel jamlamasidan ayrimlarining sifatsiz chiqqanligi yuzasidan murojaat qilib, bu borada o‘zining qonuniy huquqlarini ro‘yobga chiqarishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

Murojaat tegishliligi bo‘yicha Buvayda tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilishi jaryonida, mebel jamlamasi tumandagi «Rustam mebellari» savdo do‘konidan 10 mln so‘mga xarid qilinganligi, jamlamaning bir qismi sifatsiz materialdan tayyorlanganligi ma’lum bo‘ldi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, iste’molchi o‘ziga sotilgan to‘plamlar, garniturlar, komplektlar va komplekslarning mustaqil tarkibiy qismi bo‘lgan va mustaqil narxga ega bo‘lgan buyumlarda nuqsonlar borligini aniqlagan taqdirda, butun to‘plam, garnitur, komplekt va kompleksga nisbatan ham, ularning nuqsonlari bor mustaqil tarkibiy qismlariga nisbatan ham o‘z qonuniy talablarini qo‘ya oladi. Iste’molchining ushbu holatdagi talablari esa jamlamaning sifatsiz chiqqan tarkibiy qismi yoki qismlarini almashtirish, bepul ta’mirlash, shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni qoplash va boshqa shu kabi shakllarda bo‘lishi mumkin.

O‘rganish doirasida sotuvchiga amaldagi qonunchilikning yuqoridagi talablarini tushuntirilishi bilan mebel jamlamasining sifatsiz deb topilgan 2 mln so‘mga teng bo‘lgan qismlarini sifatlisiga almashtirilishi va masalani hal etilishiga kelishildi.

Asrorjon Yigitaliyev
Buvayda tuman jamiyati raisi