Hududiy birlashmaning audiopodkast kanali ish boshladi

Assalomu alaykum azizlar! Hududiy birlashmaning audiopodkast kanali ish boshladi. Podkast kanalimiz barchaning iste’molchi ekanligi, shunday ekan bu boradagi bilimlarimizni doimiy oshirib borishimiz kerakligiga bag‘ishlangan.

1-mavsumda biz turli sohalarda aholiga turli xizmatlarni ko‘rsatib borayotgan tashkilotlar ekspertlaridan interv’yularni e’tiboringizga havola etib boramiz.

Bugungi podkastimiz Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida kundan-kunga rivojlanib borayotgan transchegaraviy hamkorlik, ijtimoiy va madaniy aloqalar, xususan turizm masalalarida bo‘ladi. Mehmonimiz shu sohada faoliyat olib borayotgan yosh, umidli tadbirkorlarimizdan biri, «Dilrabo trevel» turistik kompaniyasi rahbari Sadafbek Husanboev.

Hududiy birlashma Axborot xizmati